OpenAI kompaniyasining sobiq xodimi Suçir Balaji San-Fransiskodagi kvartirasida ölik holda topildi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, u öz joniga qasd qilgan, deb yozdi The Times of India.

Suçir Balaji 2024 yil yozida kompaniyani tark etdi va oktyabr oyida ChatGPT dasturçilarini mualliflik huquqi qonunlarini buzganlikda aybladi. Uning ta’kidlaşiça, OpenAI boşqa odamlarning kontentidan ruxsatsiz foydalanmoqda.

2023 yil oxirida The New York Times OpenAI va Microsoft kompaniyalariga qarşi sudga murojaat qildi. Naşr ChatGPT boti mualliflarini mualliflik huquqini buziş va jurnalistik materiallardan noqonuniy foydalanişda aybladi. Gazetaning pozitsiyasiga köra, ChatGPT va Bing Chat til modellari «naşrga tegişli millionlab yangiliklar, suriştiruvlar, fikr-mulohaza ustunlari, şarhlar va boşqa materiallardan nusxa köçiriş va ulardan foydalaniş» orqali yaratilgan. Şu bilan birga, jurnalistlar öz materiallaridan foydalanişga ruxsat bermagan, deyiladi da’vo arizasida.