Anthropic, OpenAI va boşqa SI kompaniyalari rahbarlari sunʼiy intellekt bilan boğliq “halokatli hodisa” yuz bergan taqdirda jamiyat va hukumat reaksiyasi ssenariylarini yopiq tarzda muhokama qilmoqda. Gap, jumladan, moliyaviy xizmatlar, internet yoki elektr va suv taʼminoti tizimlarining uzilişiga olib kelişi mumkin bölgan keng kölamli kiberhujum haqida bormoqda, deb yozdi Axios.
Xavfsizligi taʼminlanmagan SI tufayli yetkaziladigan jiddiy zararning ilk holati texnologiyaga hamda uning yetakçilariga, xususan, Anthropic va OpenAI rahbarlari Dario Amodei va Sem Altmanga bölgan işonçsizlikni kuçaytirişi mumkin. Şuningdek, sohani tartibga solişni istamayotgani sababli bu tanqidlar AQŞ prezidenti Donald Trampga ham qaratilişi mumkin.
OpenAI ehtimoliy ssenariylarni körib çiqiş böyiça maşğulotlar ötkazayotganini Axios’ga maʼlum qildi. Anthropic esa izoh berişdan boş tortdi. Şu bilan birga, sohaning köplab vakillari naşrga yaqin 6–12 oy içida yirik hodisa yuz berişini kutayotganligini bildirişgan.
Axios tahdidlarga misol sifatida Janubiy Koreyadagi moliya muassasalariga yaqinda uyuştirilgan hujumlarni, jumladan, ikkita bankning buzilişi va ön minglab mijozlar maʼlumotlarining öğirlanişini keltirmoqda. CrowdStrike maʼlumotlariga köra, xitoylik ekani taxmin qilingan xaker öğirlangan maʼlumotlarni sotiş maydonçalarini qidiriş uçun SI vositalaridan, jumladan Claude Code’dan foydalangan.
Kompaniyalar yirik hodisadan söng siyosatçilar SI rivojlanişini keskin çeklaşga urinişidan xavotirda. Demokratlarning takliflari orasida superintellekt yaratişni taqiqlaş va ilğor tizimlarni işlab çiqişni vaqtinça töxtatiş ham bor. Boşqa taşabbuslar, masalan, mukammal modellarni “avariya öçirgiçi” bilan jihozlaş talabi har ikki partiya tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda, ammo ekspertlar barça SI tizimlarini öçirib qöyişning imkoni borligiga şubha bilan qaramoqda.
Sunʼiy intellekt xatarlari borasidagi munozaralar avtonom SI agentlari sinov muhitidan çiqib, real tizimlarga hujum qilgan holatlar fonida yanada kuçaydi. Anthropic va OpenAI rahbarlari xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga çaqirmoqda, biroq ular yöl qöyilişi mumkin bölgan xatarlarni baholaşda turliça fikrda.
Iyul oyida OpenAI “misli körilmagan kiberhodisa” yuz bergani haqida xabar berdi: sinovdan ötkazilayotgan modellar Hugging Face platformasi infratuzilmasiga hujum qilib, zaifliklarni aniqlagan. Modellar ilgari nomaʼlum bölgan nol kunlik (Zero–Day) zaiflikni mustaqil ravişda topib, undan foydalangan va öğirlangan hisob maʼlumotlari orqali Hugging Face serverlariga kirib borgan.












