Sönggi paytlarda butun dunyoda içki bozorlarni, iste’molçilarning huquqlari va xavfsizligini Xitoyning agressiv (tajovuzkor) marketpleyslaridan himoya qiliş masalasi faol muhokama etilmoqda. Odatda, xitoylik tadbirkorlarning mahalliy bozorni zabt etiş jarayoni bir xil tarzda keçadi. Marketpleyslar öz mahsulotlarini juda arzon narxlarda töğridan-töğri Xitoydan yetkazib beriş orqali insonni öziga jalb qiladigan reklama qilişni taklif etadi. Bunda quyidagi mahalliy qonunlar e’tiborga olinmaydi: Xitoy dökonlari özlari faoliyat yuritayotgan mamlakatlarda yuridik şaxs sifatida röyxatdan ötmaydi, soliqlar tölamaydi va mahsulotlar sifati uçun javobgar bölmaydi. Davlat çetdan keltirilayotgan tovarlarning xavfsizligini nazorat qiliş imkoniyatiga ega emas, tadbirkorlar esa adolatsiz raqobat tufayli bankrot (siniş) xavfi ostida qolmoqda.

Şunday holatda, sentabr oyida AQŞ iste’mol tovarlari xavfsizligi böyiça komissiyasi Xitoyning TEMU va Shein marketpleyslariga qarşi bolalar hayoti uçun xavfli bölgan mahsulotlarni sotganligi sababli tergov boşlaganini ma’lum qildi. Bu haqida CNN xabar bermoqda. Iyun oyida Britaniyaning “Daily Mail” gazetasi Xitoy onlayn savdo platformasidan tirnoq yelimi sotib olgan 11 yoşli qizça kimyoviy kuyiş jarohatini olgani haqida yozgan edi.

Bu tovarlar haqidagi eng batafsil tadqiqot yaqinda Janubiy Koreyada e’lon qilindi. Seul rasmiylarining ma’lum qilişiça, Xitoydan marketpleyslar orqali keltirilgan ayrim bolalar buyumlarida zaharli moddalar miqdori me’yordan 622 barobar ortiq ekanligi aniqlangan. TEMU va Aliexpress’dan buyurtma qilingan jami 26 ta qişki bolalar kiyimi tekşirilgan.

Özbekistonda ham 2024 yilda Xitoy marketpleyslar bilan munosabatlarda: Temu, Pindoduo  va boşqa brendlarning bozorimizga faol kirib kelişi tufayli muammo yuzaga keldi. Mahalliy tadbirkorlar çet ellik kompaniyalarning adolatsiz raqobati oqibatida bankrot bölib (sinib) qolişidan xavotirda ekanliklarini bildirmoqdalar.

5 dekabr kuni Özbekiston sotuvçilar uyuşmasi raisi Timur Raşidov uşbu masalani kötarib, hozirda bozorda “adolatsiz raqobat” vaziyati yuzaga kelganini ta’kidladi. Uning fikriça, xorijiy marketpleyslar ham mahalliy marketpleyslar bilan bir xil şaroitlarga ega bölişlari kerak hamda yuridik şaxs sifatida röyxatdan ötib, barça zarur soliqlarni tölaşlari lozim. Aks holda, tadbirkorlarimiz bankrot böliş xavfi ostida qoladi. Sellerlar assotsiyatsiyasi özbekistonliklarning sifatli tovarlarga buyurtma beriş va tovar mos kelmagan yoki sifat talablariga javob bermagan hollarda uni qaytariş imkoniyati bölişini qöllab-quvvatlaydi. Bu esa faqat umumiy biznes yuritiş qoidalari barça uçun amal qilgandagina mumkin böladi.