Yevropa Ittifoqi Temu onlayn-marketpleysini 200 mln yevro jarimaga tortdi. Bunga savdo platformasida noqonuniy mahsulotlar, jumladan, bolalar uçun xavfli öyinçoqlar va nosoz quvvatlaş qurilmalari sotilgani sabab böldi, deya yozadi BBC.
Yevrokomissiyaning qayd etişiça, Xitoy kompaniyasi mahsulotlarning tizimli xavflari hamda ularning “iste’molçilarga yetkazişi mumkin bölgan zararini “sinçkovlik bilan örganmagan, tahlil qilmagan va baholamagan”. Öz navbatida Temu rasmiylari qarordan norozi ekanligi va jarimani nomutanosib deb hisoblaşini bildirişgan.
Tekşiruv mustaqil sinov taşkiloti tomonidan ötkazilgan sirli xarid tamoyili asosida bölgan. Aniqlanişiça, Temu’dan sotib olingan quvvatlaş qurilmalarining aksariyati elektr xavfsizligi talablariga javob bermaydi. Şuningdek, bolalar öyinçoqlarining katta qismida kimyoviy moddalar miqdori me’yordan yuqori hamda ularda böğiliş xavfini tuğdiruvçi mayda qismlar bölgan.
Temu matbuot xizmatining bayonotiga köra, kompaniya aniq va izçil qoidalar mavjudligini hurmat qiladi. Ammo, qaror 2024 yilga tegişli bölib, tizimning hozirgi holatini aks ettirmaydi.











