Köplab amerikaliklar prezident Tramp kiritgan keng qamrovli tariflarning jiddiy ta’sirini mana endi seza boşlaydi, deya xabar tarqatdi CNN.
2 maydan boşlab AQŞda jismoniy şaxslarning öz ehtiyojlari uçun xorijdan tovar buyurtma qilib, uni bojsiz olib kiriş imtiyozi bekor qilindi.
Töxtatilgan “de minimis” (lotinçadan “ahamiyatsiz darajada kiçik” ma’nosini beradi) instituti AQŞga kirib kelayotgan, qiymati 800 dollardan kam bölgan jönatmalarni bojsiz ötkazib yuborişni nazarda tutardi. Bu tartib mayda-çuyda yuklarga nisbatan boj hisoblaş ortiqça vaqt olişi va samarasiz bölgani uçun 1938 yilda joriy etilgan va şundan beri amal qilib kelayotgandi.
Son-sanoqsiz amerikaliklar bu imtiyozdan foydalanib, Xitoyning juda past narxlarda tovar yetkazib beruvçi Shein, Temu va Aliexpress kabi saytlari orqali igna-ipdan tortib, mebellargaça, kiyim-keçakdan tortib, turli gadjetlargaça bölgan köplab tovarlarni xarid qilib kelayotgandi.
Endi esa bu tovarlar ham, xuddi tijoriy maqsaddagi tovarlar qatori, Xitoy mahsulotlari uçun örnatilgan 145 foizgaça bölgan tariflarda bojga tortiladi.
UPS, FedEx, DHL va AQŞ poçta xizmati bu özgarişlarga tayyorligini bildirgan. AQŞ bojxona idorasi ham texnik jihatdan tayyorgarlik körib qöyganini ma’lum qildi. Lekin oddiy amerikalik xaridorlar bu qimmatlaşişga tayyormi – bu alohida masala, deb yozadi CNN.
BBC xabariga köra, Temu kompaniyasi platforma orqali buyurtma qilingan tovarlarni töğridan töğri amerikalik xaridorlarga sotişni töxtatişini bildirgan. Bu – “de minimis” tartibining bekor qilingani bilan boğliq bölib, marketpleysda sotilayotgan tovarlar endi amerikalik buyurtmaçilarga mahalliy savdogarlar orqali yetkazib beriladi. Xitoy kompaniyasi buning uçun AQŞ firmalarini hamkorlikka çorlagan.
AQŞ federal hukumati – nafaqat joriy prezident Donald Tramp, balki Oq uyning sobiq rahbari Jo Bayden ham “de minimis” tartibini qoralab kelgan. Ularga köra, bu imtiyoz AQŞ işlab çiqaruvçilarining zarari körişiga va xorijdan tovarlarning katta miqdorda, lekin kiçik-kiçik partiyalarda olib kirilişiga sabab bölmoqda. Bundan taşqari, hukumat bojxonadagi bu yengillik orqali noqonuniy tovarlar, xususan giyohvand moddalar ham kirib kelayotganini da’vo qiladi.
“Amerika harakati forumi” taşkiloti hisob-kitoblariga köra, ötgan yilgi buyurtmalar hajmidan kelib çiqilsa, bojsiz tartibning bekor qilinişi amerikalik iste’molçilarning umumiy yillik xarajatlarini 8 mlrd dollardan 30 mlrd dollargaça oşiradi.











