Ichki audit xizmati xodimlari faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
"Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi" nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizom ichki audit xizmati tashkil etilgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ichki audit xizmatlari rahbari va xodimi faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash, ularni rag‘batlantirish va reytingini yuritish tartibini belgilaydi.
Nizom talablari davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari rahbari va xodimi faoliyatining samaradorligini xodimlarga yuklatilgan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarga erishishdagi hamda vazifa va funksiyalarni bajarilishidagi hissasini baholashga nisbatan tatbiq etiladi.
Ichki audit xizmatlari xodimi faoliyatining samaradorligini baholash ichki audit xizmati rahbari tomonidan har chorakda amalga oshiriladi hamda u baholash bilan bog‘liq ma’lumotlarning to‘g‘riligi va xolisligiga javobgar hisoblanadi.
Xodim faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
- budjet to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olishdagi natijalar;
- masofaviy nazoratni amalga oshirishdagi natijalar;
- ichki audit yillik rejasida xodim mas’ul bo‘lgan ichki audit tadbirlarining o‘tkazilishi;
- xodim tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarning ichki audit obektlari tomonidan bajarilishi.
Ichki audit xizmati rahbari va xodimining faoliyati samaradorligi reytingi xodim faoliyatining samaradorligi yig‘ma ko‘rsatkichlarini kamayib borish tartibida joylashtirish asosida shakllantiriladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
-
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi
Jamiyat | 23:22 / 25.04.2025
-
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi
Jahon | 23:00 / 25.04.2025
-
25 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:33 / 25.04.2025
Mavzuga oid

09:10 / 23.10.2024
Energetika resurslari iste’molchilari energiya auditini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

17:37 / 12.07.2024
Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi

10:35 / 14.03.2024
Samaradorlik ko‘rsatkichi «qoniqarsiz» bo‘lgan mansabdorlarning lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi

10:16 / 14.03.2024