Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qatar davlati amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan 17 dekabr kuni telefon orqali suhbat qildi. Unda oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş va investitsiya loyihalarini ilgari suriş masalalari diqqat markazida böldi.
Prezident Qatar amirini milliy bayram - Davlatga asos solingan kun bilan samimiy qutlab, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, döstona Qatar xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.
Köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş va mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Faol muloqot va almaşinuvlar natijalari ijobiy baholandi. Joriy yilning noyabr oyida Doha şahrida hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişi va biznes forumi samarali ötdi. Oktyabr oyida Toşkent şahrida Qatar madaniyati haftaligi tadbirlari muvaffaqiyatli taşkil etildi.
Qatarning yetakçi kompaniyalari iştirokida energetika, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş va boşqa ustuvor yönalişlarda investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.
Poytaxtlar örtasida muntazam töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyilgani özaro sayyohlar oqimini oşirişga xizmat qilmoqda.
Suhbat çoğida davlat rahbarlari 2025 yilda bölajak tadbirlar rejasiga, şu jumladan «Markaziy Osiyo - Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi» muloqotining ikkinçi sammitini ötkazişga alohida e’tibor qaratdilar.
Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.











