Ma’lum bölişiça, odamlar avvaldan şahar içida, atrofida boğça va uylar bölgan mazkur zapravka qurilişiga norozilik bildirişgan. Ammo mas’ullar bunga e’tibor qaratmagan. Kun.uz muxbiri hodisa joyida bölib, guvohlar va rasmiylar bilan suhbatlaşdi.

17 dekabr kuni soat 13:43 da Farğona şahri Ahmad Yassaviy köçasida joylaşgan köp yoqilğili AYoQŞ va AGQŞda portlaş sodir böldi. Suyultirilgan gaz tökiş vaqtida texnologik jarayonlar buzilişi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani oqibatida çaqnaş röy bergan, şundan söng yonğin çiqqan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga köra, qutqaruvçilar voqea joyiga soat 13:47 da yetib borgan, soat 14:02 da yonğin örab olinib, soat 14:12 da batamom öçirgan.

Hodisa jiddiy oqibatlarga ega böldi. Kamida 1 kişi halok bölgan, jarohat olganlar bor, avtomobillar, önlab binolarga zarar yetgan.

Hodisa joyida bölgan Kun.uz muxbiri guvohlar va rasmiylar bilan suhbatlaşdi.

«Şu zapravkaga qaragan, yangi qurilgan uyning uçinçi qavatida yaşaymiz. Hamma baqir-çaqir qilib yubordi, oynadan qaradim. Yonyapti. Hamma qörqqanidan bolalarni olib, kiyinişga ham ulgirmasdan köçaga yugurib çiqdi. Oynalar sinib, yer qimirlab ketdi. Uy buzilib ketadi deb öyladik.

Maşinalar ötib ketayotgan joyida yonib ketdi. Qayğuli holat böldi. Zapravka yonida ovqatlanadigan joy, boğça bor, yangi uylar qurilmoqda», deydi guvohlardan biri Hamidjon Madrahimov.

Yana bir guvoh esa bu kabi portlaşni faqat kinolarda körganini aytadi:

«Men qaraganimda ikkinçi portlaş böldi. Kinolarda körganmiz bunaqa portlaşni, haqqoniy kördim özim ham. Narsalar 50-60 metrgaça uçdi, soçildi. Öt çiqdi va qattiq gumburlagan ovoz çiqdi. Özimiz ham 2 metrga uçib tuşdik. Borsak maşinalar yonib yotibdi. Gentra’dagi aka yölda qayrilib olayotgan holatda maşina yonayotgan edi. Akani tuşirib, şifoxonaga jönatdik. U tomonda maşinalar yonayotgandi, töğrisi, yaqinlaşa olmadik, yana portlamasin deb qörqdik.

Bilişimça, propandan kelib çiqqan öt: ikki marta portladi, birinçisi unça qattiq bölmadi. Ammo ikkinçisi yaqin oradagi uylarning oynalarini soçib taşladi. Talafot yaxşigina böldi, 5-6 ta maşina yonayotgandi», deydi u.