Bugun taxminan 2,5 million özbekistonlik xorijda mehnat qilyapti. Ular vatanga yuborayotgan pullar hajmi oltin eksporti tuşumlaridan ham köproq, YaIMning naq 14 foizidan oşadi. Kun.uz Xalqaro mehnat migrantlari kunida çet elda işlayotgan vatandoşlarning Özbekiston iqtisodiyotidagi örniga e’tibor qaratdi.
BMT Boş assambleyasining taklifiga binoan 2000 yildan buyon har yili 18 dekabr Xalqaro migrantlar kuni sifatida nişonlanadi. 1990 yilning xuddi şu kunida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi xalqaro konvensiya qabul qilingandi.
Dunyoda qança migrant bor?
BMTning Xalqaro migratsiya taşkiloti ma’lumotlariga köra, dunyodagi muhojirlar soni 281 milliondan oşadi. Bu esa sönggi 50 yil içida migrantlar soni uç baravarga köpayganini anglatadi. Ularning asosiy qismi işsizlik, maişiy muammolar va sifatli ta’lim izlab öz mamlakatini tark etişgan.
Öz navbatida yildan yilga migrantlar tomonidan öz vataniga amalga oşirgan pul ötkazmalari miqdori ham oşib boryapti. Xususan, bu körsatkiç 2000 yildan 2022 yilgaça bölgan davrda 650 foizga yoki 128 mlrd dollardan 831 mlrd dollargaça köpaygan.
Oxirgi ön yillikdagi migrantlar uçun eng jozibador davlatlar sifatida AQŞ, Germaniya va Kanadani keltiriş mumkin. Uşbu mamlakatlardagi muhojirlar soni keskin oşib borayotgani ham buni tasdiqlaydi. Masalan, 1970 yilda Qöşma Ştatlarda 12 mln xalqaro muhojir yaşagan bölsa, bugungi kunda ularning soni 50 mlndan oşgan. Germaniya aholisining ham 18 foizdan ortiq qismini muhojirlar taşkil qiladi. Şuningdek, Saudiya Arabistoni, BAA kabi boy arab mamlakatlari ham migrantlar uçun jozibador davlatlardir.
Muhojirlar tomonidan eng köp pul ötkazmalari AQŞdan amalga oşiriladi. Bu miqdor 2022 yilda 79 mlrd dollardan köproqni taşkil etgan. Keyingi örinlarda Saudiya Arabistoni (39 mlrd dollar), Şveytsariya (31,9 mlrd dollar) va Germaniya (25,6 mlrd dollar) turadi.






