17 dekabr kuni Qarşi şahrida 46 yoşli erkak va uning uç farzandi özlari yaşab kelgan xonadonda jonsiz holda topildi. Boş prokuratura matbuot xizmatiga köra, hodisaga is gazi sabab bölgan. Ammo “Hududgazta’minot” bu versiyaga qöşilmasligini ma’lum qildi.

Kompaniya matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, voqea joyini tekşirgan FVB va gaz ta’minoti mas’ullari gaz bilan boğliq muammo yöqligini aniqlagan.

“Mutasaddi xodimlar iştirokida tekşirilganda yer tölada örnatilgan 2 dona isitiş qozonlarining dudburonlarini bir-biriga boğlaniş joyi oçiq holatda ekani, xonadonning yer tölasida joylaşgan isitiş qozonining işlaş jarayoni tekşirilib körilganda, tabiiy gaz bosimi bir me’yorda ekani, gazoanalizator bilan körilganda xonada gaz sizib çiqişi holatlari yöqligi, dudburonning tortiş kuçini gugurt yordamida tekşirilganda tortiş kuçi borligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlar, mazkur baxtsiz hodisa gaz yoki is gazi bilan boğliqligi ehtimoldan yiroqligini körsatmoqda”, – deyiladi “Hududgazta’minot” AJ axborotida.

Qöşimça qilinişiça, baxtsiz hodisa sabablari prokuratura, içki işlar, favqulodda vaziyatlar va boşqa tegişli mutasaddi taşkilotlar tomonidan örganilmoqda. Ekspertiza xulosalariga köra, qöşimça ma’lumot beriladi.

Eslatib ötamiz, prokuratura ilgari surgan versiyaga köra, uy yertölasida örnatilgan zamonaviy ikki konturli isitiş qozoni mörisining umumiy ventilyatsiya mörisiga ulangan qismidan is gazi çiqqan.

Hodisa oqibatida 46 yoşli erkak va uning 18, 16 va 10 yoşda bölgan uç farzandi halok böldi.