RF prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga sulh emas, uzoq muddatli tinçlik kerakligini aytdi. U jonli muloqot çoğida öt oçişni töxtatişga qançalik tayyorligi haqidagi savolga şunday javob qaytardi.
Uning sözlariga köra, hozirda frontda Ukraina qurolli kuçlari tomonida «jangovar texnikalar, jihozlar, qurol-aslahalar, öq-dorilar va şaxsiy tarkib tugaşi» kuzatilmoqda.
«Bugun biz maydonida mana nimalarni körmoqdamiz. Bizning armiya oldinga yurmoqda, raqib ma’lum kun, ma’lum vaqtda çekingan pozitsiyalarida örnaşib qololmayapti. U uyuşgan holda çekinmoqda, ammo u yerda örnaşişga ulgurmayapti, keyingi kuni bizning yigitlar yetib bormoqda. Bir haftaga töxtaş — bu raqibga uşbu pozitsiyalarda mustahkam örnaşişga imkon beriş demakdir. Dam oliş va zarur qurollarni, öq-dorilarni oliş imkoniyatini beriş, şaxsiy tarkibni tayyorlaş nuqtayi nazaridan juda muhim», — degan Putin.
U «uzoq muddatli sulh duşmanga şu işlar — şaxsiy tarkibni tayyorlaş va qayta tayyorlaş bilan şuğullaniş imkonini berişi»ni aytadi.
«Siz ularga saflarini töldiriş imkonini bermoqçimisiz? Bizga sulh emas, tinçlik kerak. Uzoq muddatli, mustahkam, RF va uning fuqarolari uçun kafaolatlangan tinçlik. Bu kafolatlarni qanday ta’minlaş murakkab masala, ammo umuman olganda — qidiriş mumkin», — degan Putin.
RF prezidenti Vengriya boş vaziri Viktor Orban «bir-ikki kunga» Rojdestvo sulhi tuziş va asirlarni almaşişni taklif qilganini aytgan.
«Men boş tortmadim. Umuman, öylab köriş kerakligini aytdim. Ammo siz ulardan [Kiyevdan] sörang dedim. U söradi. Keyingi kuni rejim rahbari heç qanday sulh, heç qanday asirlar almaşuvi bölmasligini aytdi», — deydi RF prezidenti.
11 dekabr kuni Viktor Orban Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Rojdestvo munosabati bilan öt oçişni töxtatişni taklif qilgani, ammo u rad javobi berganini aytgandi. «Vengriyaning Yevroittifoqdagi raisligi sönggida biz tinçlikka erişiş uçun navbatdagi sa’y-harakatlarni amalga oşirdik. Biz rojdestvo sulhi va keng kölamli asirlar almaşinuvini taklif qildik. Prezident Zelenskiy buni aniq rad etgani açinarli, biz qölimizdan kelganini qildik», — deya yozgandi Orban X ijtimoiy tarmoğida.









