Hodisadan keyin “zapravka” hududidan ötuvçi köçada harakat çeklangan va atrof örab olingan. AGQŞ yaqinida yaşovçilarga esa yana gaz sizib çiqayotgani aytilib, aholi yaşaş uylaridan taşqariga çiqarib yuborilgan. Bu esa odamlar sarsongarçiligiga sabab bölmoqda. “Zapravka” aholining boşiga musibat keltirdi, talafot körganlar juda köp”, demoqda Kun.uz’ga intervyu bergan fuqarolar.
Farğona şahridagi portlaş katta talafot keltirdi. Kun.uz muxbiri hodisa sodir bölgan kunning ertasiga hududda bölib, guvohlar bilan suhbatlaşdi.
Ma’lum bölişiça, hodisadan keyingi kun AGQŞ oldidan ötuvçi yölda harakat çeklangan.
“Zapravka” qurilayotgan paytda qarşilik qilgandik. Lekin ular arz-dodimizga quloq tutmadi. Endi esa jabrini oddiy xalq tortyapti. Odamlar öldi. Uyimiz vayron böldi.
Portlaşdan keyin ham uydan sovuqqa haydab çiqarişyapti. Yana gaz sizib çiqayotgan emiş. Uyimiz gazdan uzilgan, ovqat qila olmayapmiz. “Svet” yoqişga qörqib qolganmiz. Yoş gödaklar qişning qirovli kunida köçada izğişyapti. “Zapravka” aholining boşiga musibat keldirdi. Hukumatimizdan yana bunday dahşatli hodisa takrorlanmasligi uçun şahardagi barça “zapravka”larni turar joylardan çetga köçirib berişlarini iltimos qilamiz”, deydi hodisa yuz bergan hududda yaşovçi fuqaro.
Uning qöşimça qilişiça, hududda yaşovçi aholi stress holatini boşdan keçirmoqda. Ayniqsa, hodisa yoş bolalarga qattiq ta’sir qilgan.
17 dekabr kuni sodir bölib portlaş oqibatida 4 kişi halok böldi, ular orasida bolalar ham bor.
Kun.uz'ning aniqlaşiça, portlagan şoxobça Bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov oilasiga mansub şaxslarga tegişli.







