Statistika agentligi 2024 yilning yanvar-noyabr oylaridagi sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 oyi davomida gaz qazib olish hajmi 40,75 mlrd kub metrni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 2 mlrd kub yoki 4,7 foizga qisqargan.

2024 yilning yanvar-noyabr oylaridagi gaz qazib olish ko‘rsatkichlari:

  • Yanvar – 3,99 mlrd kub (o‘tgan yilning mos davrida – 4,31 mlrd kub);
  • Fevral – 3,71 mlrd kub (3,85 mlrd kub);
  • Mart – 3,89 mlrd kub (4,16 mlrd kub);
  • Aprel – 3,7 mlrd kub (3,94 mlrd kub);
  • May – 3,52 mlrd kub (3,6 mlrd kub);
  • Iyun – 3,54 mlrd kub (3,7 mlrd kub);
  •  Iyul – 3,78 mlrd kub (3,9 mlrd kub);
  • Avgust – 3,78 mlrd kub (3,9 mlrd kub);
  • Sentyabr – 3,55 mlrd kub (3,7 mlrd kub);
  • Oktyabr – 3,6 mlrd kub (3,78 mlrd kub);
  • Noyabr – 3,67 mlrd kub (3,79 mlrd kub).

Ma’lumot uchun, 2022 yilda ham gaz qazib olish 53,8 mlrddan 51,67 mlrd kub metrgacha yoki 4 foizga, 2023 yilda esa 51,67 mlrddan 46,71 mlrd kub metrgacha yoki 9,6 foizga qisqargandi.

2018-2023 yillar oralig‘ida tabiiy gaz qazib olish dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:

  • 2018 yil – 61,59 mlrd kub metr;
  • 2019 yil – 60,71 mlrd kub metr;
  • 2020 yil – 49,77 mlrd kub metr;
  • 2021 yil – 53,8 mlrd kub metr;