Tesla kompaniyasi şinalarda bosimni nazorat qiliş tizimidagi muammolar sabab AQŞdagi 694 mingdan ziyod avtomobilini çaqirib oladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Qayd etilişiça, bu turdagi nosozlik Model 3, Model Y va Cybertruck’larda kuzatilgan. Tesla uşbu muammoni dasturiy ta’minotni yangilaş yordamida hal etişini ma’lum qildi.

Şinadagi bozimni nazorat qiliş tizimi datçigi ğildiraklardagi past bosim haqida signal bermay qöyişi mumkin, bu esa avariyalar xavfini oşiradi — haydovçi şinadagi bosim yetarli emasligini bilmasligi mumkin.

Tesla bundan oldin ham avtomobillarini çaqirib olişini e’lon qilgandi. Noyabr oyida Amerika kompaniyasi 2,4 mingdan ziyod Cybertruck pikaplarini çaqirib olişi aytilgan edi. Iyun oyida esa Tesla xavfsizlik kamarini taqişdagi ogohlantiriş tizimida kuzatilgan nosozlik sabab AQŞda 125 mingdan ziyod avtomobilini çaqirib olişi ma’lum bölgandi. Aprelda esa Tesla 4 mingga yaqin Cybertruck elektromobillarini çaqirib olişi aytilgan edi. Uşbu maşinalarning gaz tepkisi detali almaştirilişi kerak.