Köp hollarda uylarni topşiriş muddati keçikib, aholi tölagan pullar «muzlab» turgani, şartnomalar asosan quruvçi manfaatiga xizmat qilayotgani oxirgi yillarning eng oğriqli muammolaridan. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi hali qurilmagan binolardan xonadon sotib olişda aholi mablağlarini himoya qilişni kafolatlovçi tizim ustida işlamoqda. Bu tizim qanday işlaşi haqida Kun.uz mas’ullardan izoh oldi.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi işlab çiqayotgan yangi tizim orqali fuqarolarning pul mablağlari bank vositaçiligida işonçli developerga beriladi. Bunda quruvçi işning 30 foizini öz mablağlari hisobidan amalga oşiradi, qolgan 70 foizini bank qoplaydi. Mazkur platformaga töxtaladigan bölsak, 1970-yillarda köplab xorijiy davlatlarda joriy etilgan va muntazam ravişda takomillaştirib borilgan. Xususan, bu borada Rossiyada maxsus qonun işlaydi. Özbekiston  ham şu va boşqa mamlakatlar tajribasini örganib, uşbu amaliyotni yölga qöymoqda. Yangi tizimning joriy etilişida bir neçta qonunlarga özgartiriş kiritiş talab etiladi. Afzal tomoni esa fuqarolarning mablağlari himoyalanadi.

Tizim sohada tadbirkorlik istiqbollariga salbiy ta’sir qilmaydimi? 

“Bu ideal tizim, tadbirkorlik sub’yektlari uçun ham afzal böladi, çunki qurilişda ikkinçi sub’yektning uluşdor bölişiga işonçi paydo böladi. Köpgina mamlakatlarda uluş kiritiş bilan quriladigan uylarning elektron tizimlari ham yaratilgan va bunday uy-joylar platformada röyxatga olinadi.

Avvalo, tadbirkorlar uy-joyi qurilişida qonuniy rasmiylaştiruvga ahamiyat berişlari kerak böladi. Boisi, şunday holatlar şu kungaça köp bölib turgan, uy noqonuniy qurilgan. Ammo kadastrga röyxatga qöyilmaydi, qaçon hammasi qonuniy amalga oşirilgandan keyin uylarga kadastr beriladi”, - deydi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bölim boşliği Davron Meliyev.

Xöş, bank qanday qilib, işonçli developerlarni aniqlaydi? Meliyevning sözlariga köra, bank yoki Quriliş vazirligi işonçli kompaniyalarni körib çiqadi. Bu yerda uy-joy quruvçi quriliş taşkiloti bölmasligi mumkin, balki investor ham bölişi mumkin va alohida quriliş taşkilotini jalb qilişi mumkin.

“Bugungi kunda bizda 2021 yildan beri işlab kelayotgan quriliş-pudrat taşkilotlari reytingi mavjud. U yerda 25 mingdan ortiq taşkilot bor edi, ammo saralanib-saralanib, bu körsatkiç 17 mingga tuşdi. Pudratçi taşkilotlar faoliyati har oy reyting baholanadi. Tizimning özi ularni saralab boradi. Çuqurlaştirilgan tahlilda, masalan, çet el amaliyotida bu vazifani banklar bajaradi. Bank uy-joy qurilişini va uning budjeti asosini örganib çiqadi. Bu investorlarning tölovga qobiliyatliligini, tarixi va oldingi qurilişlarda qay ahvolda faoliyat yuritganini tekşiradi”, - deydi u.