Kun.uz yakunlanayotgan haftadagi eng qiziqarli texno xabarlarni jamladi.

Onlayn maşinalar savdosi

Amazon endi avtomobil savdosiga ham kirib keldi.

Kompaniya Hyundai bilan hamkorlikda AQŞning 48 şahrida maşinalarni internet orqali sotişni boşladi. Endilikda xaridorlar platforma orqali avtomobil tanlaş, eski maşinasini yangisiga almaştiriş va hatto yetkazib berişni taşkil qiliş imkoniyatiga ega.

Sotuvda hozirça faqat Hyundai avtomobillari mavjud, ammo kelajakda boşqa brendlar ham qöşilişi kutilmoqda. Amazon uşbu jarayonda vositaçi sifatida işlaydi, yani xaridor avtomobilni töğridan töğri dilerdan sotib oladi.

Amazon Auto loyihasi orqali xaridorlarga savdo jarayoni qulaylaştiriladi, dilerlar esa yangi mijozlar oqimiga ega böladi. Bundan taşqari, kompaniya 2025 yil 10 yanvargaça maşina sotib olganlarga 2300 dollarlik sovğa kartasini ham taklif qilyapti. Bu loyiha maşina xarid qilişni yanada qulaylaştirişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, hozirda Amazon’ning umumiy foydalanuvçilari soni 310 milliondan ortadi, bu esa platformaga yetarli darajada xaridor topiş imkoniyatini taqdim etadi.

Google’dan yangi sun’iy idrok funksiya

Google özining yangi "Deep Research" yani "Keng qamrovli izlaniş" nomli sun’iy idrok funksiyasini taqdim etdi. Uşbu xizmat Gemini primium obunaçilariga öz tadqiqotlarini yengillaştiriş uçun yaratilgan.Foydalanuvçilar Gemini çatboti orqali istalgan mavzuda batafsil hisobot söraşi mumkin.

Bunda sun’iy idrok dastlab bosqiçma-bosqiç tadqiqot rejasini tuzadi, keyin internetda ma’lumot izlab, topgan asosiy faktlarni manbalari bilan birga jamlaydi. Tayyor hisobotni tahrirlaş yoki Google Docs’ga eksport qiliş mumkin.

Uşbu yangi funksiya Google’ning Gemini dasturi yangilanişining bir qismi bölib, bu kompaniyaning mustaqil vazifalarni bajara oladigan sun’iy intellektga ötiş strategiyasi bir qismi hisoblanadi. "Deep Research" tadqiqotni avtomatlaştirib, foydalanuvçilar uçun vaqtni tejaydi.

Hozirça bu funksiya Gemini Primium obunaçilari uçun faqat ingliz tilidagina mavjud.

“Qotil” çatbot