23 dekabr, duşanba kuni Magdeburgda uç kun avval avtomobil rojdestvo bozoriga taşrif buyuruvçilar ustiga haydalganidan söng, öng populistik «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasi tarafdorlari va ularning raqiblari tomonidan mitinglar ötkazilmoqda. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib AFP xabar berişiça, «Biz motam tutmoqçimiz/Nafratga imkoniyat berma!» şiori ostidagi aksiya haqida ikki şaxs va bir jamoat taşkiloti xabar bergan. Yana bir şaxs — «Nafrat va taşviqotga imkoniyat berma!» şiori ostidagi miting haqida ma’lum qilgan. Ikkala tadbirga ham bir neça yuz kişi qöşilgan.
Şu bilan birga, GuM tarafdorlari şaharning sobor maydonida namoyişga töplanişdi, u yerda uç kun oldin Germaniyadan siyosiy boşpana olgan Saudiya fuqarosi, 50 yoşli şifokor Taleb A. rojdestvo bozoriga taşrif buyuruvçilarga hujum qildi. Uning iştirokçilari töğrisidagi ma’lumotlar, deb yozadi AFP, rasmiylar tomonidan hali e’lon qilinmagan, ammo ular yiğilganlarning «katta soni» haqida gapirişgan. Ulardan ba’zilari «Deport!» deya hayqirgan.
Uşbu aksiya «Ğam birlaştiradi – xavfsiz kelajak uçun» şiori ostida ötkazildi. GuM boş kotibi Yan Vensel Şmidtning aytişiça, hujum «dahşatli siyosiy muvaffaqiyatsizlikni» körsatdi. Uning versiyasiga köra, Taleb A. öz niyatini oşkora e’lon qilgan, biroq Germaniya rasmiylari uning boşpana söraş arizasini qondirgan. Hujumda ularning (huquq-tartibot idoralari xodimlarining) qöllarini boğlab, qöllab-quvvatlamagan» politsiya rahbariyati aybdor, deb işontirdi öng populist.
Partiya hamraisi Alis Vaydel ham Magdeburgdagi sahnaga çiqdi. U Taleb A.ni nemislardan nafratlanadigan şaxs deb ta’rifladi. Uning sözlariga köra, ma’ruzaçilardan biri sönggi yillardagi hujumlarni eslab, ularni Xolokost bilan taqqoslagan.
GFRda Magdeburg böyiça qöşimça suriştiruvlar ötkaziladi
Magdeburgdagi rojdestvo bozoriga uyuştirilgan hujumdan söng Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer hujumçi haqida avvalroq qaysi idoralar ogohlantiriş olganini aniqlaş uçun qöşimça tekşiruvlar ötkazilişini e’lon qildi. «Federal jinoiy idora Saksoniya-Anhalt yeri rasmiylari tomonidan olib borilayotgan tergov bilan hamkorlik qilmoqda», dedi u 22 dekabr kuni çop etilgan haftalik Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida.
«Tergov organlari voqeaning barça holatlarini aniqlaydilar, ular avvalroq qanday signallar olinganini va ularga qanday munosabatda bölganini diqqat bilan örganadilar», dedi Fezer.








