Isroilning «Mossad» razvedka xizmatining ikki sobiq xodimi Amerikaning CBS telekompaniyasiga Livandagi «Hizbulloh» guruhining peyjerlari va ratsiyalari portlatilişi bilan boğliq amaliyot qanday tayyorlangani va amalga oşirilgani haqida sözlab berişdi. Ma’lum bölişiça, guruh a’zolari portlovçi modda joylaştirilgan ratsiyalarni ön yil davomida kötarib yurişgan.

Joriy yil 17 sentabr kunida minglab peyjerlar portlagan bölsa-da, suhbatdoşlarning sözlariga köra, bu amaliyot ratsiyalardan boşlangandi.

«Mossad» xodimlaridan birinçisi, özini Maykl deb atagan şaxs (ularning ikkisi ham efirga niqob taqib, qoronğilikda ötirgan holda, özgartirilgan ovoz hamda töqima ism bilan çiqqan) «Mossad» keyinroq «Hizbulloh»ga sotilgan ratsiyalarning batareyasiga portlovçi zaryadlarni joylaştirganini aytib bergan.

Bu 16 ming ratsiyani «Hizbulloh»ga sotiş uçun «Mossad soxta firma oçgan va «Hizbulloh»ga „ yaxşi narx“ taklif qilgan».

«Bizda kelib çiqişini heç qanaqasiga aniqlab bölmaydigan xorijiy kompaniyalar yaratiş uçun ajoyib imkoniyatlar spektri mavjud, — degan Maykl. — Soxta kompaniya ortida boşqa bir soxta kompaniya turadi […] Biz öylab topilgan dunyoni yaratamiz. Biz — jahon kinostudiyasimiz. Biz senariylarni yozamiz, biz — rejissyorlarmiz, biz — prodyuserlarmiz, biz — yetakçi aktyorlarmiz, va butun dunyo — bizning sahna».

Ammo ratsiyalardan, Syujyet muallifi CBS efirida tuşuntirişiça, «Hizbulloh» vakillari faqat jangovar şaroitlarda foydalangan, ya’ni istalgan vaqtda minglab qurilmalarni egalari bilan birgalikda portlatişning imkoni bölmagan va «Mossad» ularga minalaştirilgan peyjerlarni ham sotişga qaror qilgan.

«Mossad»ning özini Gabriel deb atagan boşqa bir sobiq xodimi peyjerlar amaliyoti 2022 yilda boşlanganini aytadi.

Peyjerga portlovçi moddalarni örnatiş uçun isroilliklar Tayvanning Gold Apollo firmasining original mahsulotini kattalaştirişi talab etiladi.

«Men direktorimiz oldiga kirib, uning stoliga [peyjerning yangi modifikatsiyasini] qöygan kunimni unutmayman. U ğazab otiga mingandi — deydi Gabriel. — U aytdi: heç kim heç qaçon bunday katta devaysni sotib olmaydi! Uni çöntakda olib yuriş noqulay! U oğir! Bu bölmaydi! Ket va boşqa variant bilan qayt».