Reglamentga köra, köp kvartirali uylarni boşqariş organlarining elektron reyestrini şakllantiriş va yuritiş hamda köp kvartirali uylarni boşqariş organlariga biriktiriş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş tartibi belgilandi.

Bunda talabgor yoki boşqariş organi sörovnoma beriş uçun Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat etadi.

Sörovnoma YaIDXP orqali dam oliş va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilişi mumkin.

Davlat xizmati körsatilganligi uçun BHM 50 foizi (187 ming 500 söm) miqdorida Davlat xizmati körsatilgani uçun yiğim undiriladi.

Sörovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda notöğri ma’lumotlar körsatilişi, şuningdek, belgilangan yigimni tölamaslik davlat xizmatlarini körsatişni rad etiş uçun asos hisoblanadi.

Elektron reyestrga kiriş uçun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- talabgorning köp kvartirali uyni boşqariş uçun mavjud işçi-xizmatçilari hamda moddiy-texnik bazasi töğrisidagi ma’lumotlar pasportining tasdiqlangan nusxasi;

- tasdiqlangan ştatlar jadvali;

- tegişli malaka sertifikat.