Jo Bayden prezidentlik muddatining sönggi haftasida Rossiya energetika sektoriga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda tört nafar manbasiga tayanib The Washington Post xabar berdi.
Manbalarning sözlariga köra, yangi çoralar Rossiyaning soyadagi floti — mamlakat neftini sanksiyalarni çetlab ötgan holda taşiyotgan xalqaro kemalarga yönaltirilişi mumkin. Bundan taşqari, çeklovlar oldinroq sanksiyalarga uçramagan Rossiya neftini eksport qiluvçilarga ham qöllanişi kutilmoqda. Şuningdek, WP suhbatdoşlarining aytişiça, Rossiya energiya resurslari uçun tölovlarni qayta işlaş imkoniyatini taqdim etayotgan banklarning litsenziyasini çaqirib oliş çoralari ham körib çiqilyapti.
Manbalarning ta’kidlaşiça, sanksiyalarning joriy etilişi yangi saylangan prezident Donald Trampga Rossiya-Ukraina uruşini töxtatişga oid muzokaralarda RF prezidenti Vladimir Putinga nisbatan qöşimça bosim ötkaziş riçagini taqdim etadi. Amerikalik yuqori martabali amaldorga köra, mazkur çoralar Ukrainaga özini mudofaa qilişda «yaxşiroq holatda» qoliş va tinçlik böyiça muzokaralarni «adolatli» şartlarda ötkaziş imkonini beradi.
2022 yil fevralda Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlanganidan beri AQŞ hukumati Rossiya banklari, mudofaa, sanoat korxonalari va boşqa kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar qölladi. Şu bilan birga, Rossiya energetika sektoriga qisman zarar yetdi xolos. The Washington Post’ning qayd etişiça, uruş boşlanganidan beri Jo Bayden administratsiyasi Rossiya energiya resurslari eksportida jiddiy sanksiyalar qöllaşdan xavotirlanib kelgan, bu— neft narxning keskin kötarilib ketişiga va AQŞda benzin narxi oşişiga olib kelişi mumkin edi.
Rossiya budjeti daromadlarining uçdan bir qismidan qariyb yarmigaça bölgan qismi neft va gaz savdosiga töğri keladi. 2023 yilda Rossiya energiya resurslarini sotiş ortidan salkam 100 milliard dollar işlab topgan.
Yevropa Ittifoqi kengaşi 16 dekabr kuni Rossiyaga qarşi iqtisodiy va individual sanksiyalarning 15-paketini qabul qilgandi. Sanksiyalar röyxatidan 54 nafar jismoniy şaxs va 30 ta yuridik şaxs örin oldi. Ular orasida Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar şifoxonasiga berilgan zarbaga mas’ul harbiy bölinma, energetika kompaniyalarining top-menejerlari, KXDRning yuqori martabali ikki amaldori ham bor.








