Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan parlamentda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi a’zolari bilan muloqot çoğida Suriyadagi kurd qurolli guruhlar yo qurollarini taşlaydi yoki «kömiladi» dedi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Uning ta’kidlaşiça, Anqara «Suriyadagi terrorçilik taşkilotlarini», birinçi navbatda, IŞID va Kurdiston işçilar partiyasini (KIP) yöq qilişga qat’iy qaror qilgan. Bu ikkala guruh ham, Erdöğan sözlariga köra, Turkiya va Suriyaning omon qolişiga tahdid soladi.
«Bu ayirmaçi-jinoyatçilar yo qurollarini taşlaydi yoki qurollari bilan birga Suriya tuproğida dafn etiladi. Biz bilan kurd birodarlarimiz orasiga qonli devor qurmoqçi bölgan terror taşkilotini yöq qilamiz», dedi u.
Turkiya AQŞ bilan ittifoqdoş Suriya demokratik kuçlarining (SDF) asosiy tarkibiy qismi bölgan kurd Xalq mudofaasi bölinmalarini (YPG) mamlakatga qarşi isyon olib borayotgan Kurdiston işçilar partiyasining bir bölagi deb biladi.
«Na Suriya xalqi, na yangi ma’muriyat, na biz KIP/YPG terror taşkilotining yakka özi harakat qilişiga va özi uçun şaroit yaratişiga yöl qöymaymiz», dedi Turkiya mudofaa vaziri Yoşar Guler. U YPG guruhining yöq qilinişini Turkiya hukumatining ustuvor vazifasi deb atadi.
Başar Asad ketganidan beri Anqara Suriya kelajagida YPG guruhiga örin yöqligini ta’kidlab, uni tarqatib yuborişni talab qilib kelmoqda. KIP – Turkiya, AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomonidan terror taşkiloti deb topilgan.













