Xitoy yolğiz insonlarni oila qurişga, oilalarni esa bittadan köp farzand körişga undaş maqsadida tuğilişni rağbatlantiriş kampaniyasini kengaytirdi. Financial Times’ning yozişiça, rağbatlantiriş tadbirlari mahalliy va milliy darajada amalga oşirilmoqda.

Joylardagi rasmiylar oilali ayollarga qönğiroq qilib, ularning farzand köriş borasidagi rejalari bilan qiziqmoqda. Xitoy aholisi bilan suhbatdan hamda ijtimoiy tarmoqlardagi postlardan ma’lum bölişiça, şu kabi suhbatlardan keyin köplab ayollar salomatligini tekşiriş maqsadida konsultatsiyaga taklif qilinmoqda.

Ta’kidlanişiça, hozirda bir yoki undan ortiq farzandi bor oilalarga qöşimça tuğilgan bola uçun maxsus tölovlar berilmoqda. Jetszyan şahrida yaşovçi ayolning sözlariga köra, mahalliy hukumat ikkinçi tuğilgan farzand uçun 100 ming yuan (14 ming dollar) va’da qilgan.

Bundan taşqari, universitetlar zimmasiga yolğiz talabalar uçun möljallangan «nikoh va sevgi kurslarini» joriy etiş majburiyati yuklangan. XXR Soğliqni saqlaş işlari böyiça davlat qömitasining ma’lum qilişiça, «universitetlar — talabalar öz sevgisini topişi mumkin bölgan muhim joy» hisoblanadi.

Qömita tomonidan talabalar orasida ötkazilgan sörov natijalarida respondentlarning 57 foizi hozirça oila quriş niyatida emasligini, çunki öqiş bilan birga köp işlaşga majbur bölayotganliklarini bildirgan.

Avvalroq Xitoyda 2024 yilda röyxatdan ötkaziladigan yangi nikohlar soni uşbu hisobni yuritiş boşlanganidan beri eng past körsatkiçga tuşib ketişi töğrisida xabar berilgandi. Fuqarolik işlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, 2024 yilning birinçi çoragida Xitoyda 4,74 million juftlik nikohdan ötgan, bu ötgan yilning mos davrida oila qurganlarga nisbatan 16,6 foizga kam.