Şavkat Mirziyoyev Koreyaning Muan şahrida röy bergan aviahalokat oqibatida yölovçilar halok bölgani munosabati bilan Koreya prezidenti vazifasini bajaruvçi Çoy Sang Mokka ta’ziya maktubi yölladi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar bermoqda.
“Davlatimiz rahbari Koreya xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda soğayib ketişini tiladi”, deyiladi xabarda.
Hodisa bugun, 2024 yil 29 dekabr kuni ertalab soat 9:07 da (Toşkent vaqti bilan 5:07) sodir böldi. Jeju Air kompaniyasining Boeing 737−8AS yölovçi samolyoti uçiş-qöniş yölagidan çiqib, tösiqqa urilgan va yonib ketgan.
Sönggi ma’lumotlarga köra, samolyot bortida jami 181 kişi bor edi: 175 yölovçi va 6 ekipaj a’zosi. Ulardan 179 nafari halok bölgan. Bir nafar yölovçi va ekipaj a’zolaridan biri qutqarib qolingan.
Yölovçilarning aksari, 173 kişi — Janubiy Koreya, yana ikki nafari — Tailand fuqarolari bölgan. Halokat sabablarini aniqlaş uçun tergov boşlangan.
Ma’lumot uçun, Koreyadagi hodisa sönggi kunlarda sodir bölgan uçinçisi hisoblanadi. Bundan avval 2024 yil 25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga qaraşli Boku — Grozniy yönalişida parvoz qilayotgan Embraer E190 samolyoti qulab tuşdi. Oqibatda samolyot bortida bölgan 62 yölovçi va 5 nafar ekipaj a’zolaridan 38 nafar odam halok böldi. 29 kişi tirik qoldi, biroq ularning ayrimlari şifoxonada oğir ahvolda qolmoqda.
Bugun, 2024 yil 29 dekabr kuni Kanadaning Halifaks şahrida PAL Airlines aviakompaniyasining Sent-Jonsdan uçib kelgan 2259 Air Canada Express samolyoti qattiq qönişni amalga oşirgan.
CBC News xabariga köra, samolyot uçiş-qöniş yölagida sirpanib ketgan va uning bir qismi yona boşlagan. Şundan söng yölovçilar va ekipaj a’zolari darhol evaukatsiya qilingan va yonğin öçirilgan.








