Gurjistonning yangi prezidenti Mixail Kavelaşvili Tbilisi Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça muzokaralar jarayonini boşlaşga tayyor ekanini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Gurjiston heç qaçon YeI a’zosi bölişdan boş tortmagan.
«Afsuski, bu kabi spekulyatsiyalar jamiyatimizni qutblaştirişga xizmat qiladi, şuning uçun bunday spekulyatsiyalarga haqiqat bilan qarşi turiş — bizning burçimizdir, Gurjiston Yevropa integratsiyasi yölidan heç qayerga oğişmagan», — deydi Kavelaşvili.
Prezident mamlakatning keyingi ustuvor maqsadi AQŞ bilan munosabatlarni çuqurlaştiriş ekanini aytdi. Şuningdek, Kavelaşvilining ma’lum qilişiça, hukumat mamlakatni birlaştiriş uçun tinç va diplomatik yöl bilan harakat qilişi lozim.
Mixail Kavelaşvilining inauguratsiyasi 29 dekabr kuni bölib ötdi. Kavelaşvili Konstitutsiyada nazarda tutilgan prezidentlik qasamyodini qabul qildi. Marosimga xorijiy elçilar ham, çet ellik mehmonlar ham taklif qilinmadi. Unda faqat deputatlar, hukumat a’zolari, Gurjiston pravoslav çerkovi vakillari, şuningdek, konstitutsiyaviy organlar vakillari iştirok etdi.
Şu kuni ham mamlakatda böylab norozilik namoyişlari davom etdi. Gurjistonda mitinglarning yangi tölqini hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça muzokaralarni 2028 yilga qadar töxtatib qöyiş böyiça qaror qabul qilganidan keyin boşlangan.








