AQŞ janubidagi Yangi Orlean şahri markazida 1 yanvar, çorşanbaga ötar keçasi erkak qasddan maşinani olomon ustiga haydab bordi. Kamida 10 kişi halok böldi, 35 kişi yaralandi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi huquq-tartibot xodimlariga tayanib.
Politsiya boşliği Enn Kirkpatrikning aytişiça, haydovçi qasddan olomon ustiga maşina haydagan. «Bu odam imkon qadar köproq odamlarni bosib ketişga harakat qildi, - dedi u. - U qirğin uyuştiriş va zarar yetkaziş istagida bölgan, şunday qildi ham». Uning sözlariga köra, hujumçi politsiyaga qarata öq uzgan va ulardan ikki nafarini yaralagan, şundan söng u javob öqidan öldirilgan.
Federal tergov byurosi (FTB) Yangi Orleandagi hujumni «terrorçilik akti» sifatida tekşirayotganini aytdi. Bayonot keyinçalik departamentning X ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy akkauntida paydo böldi.
Keyinroq Amerika OAV xabar qilganidek, kamuflyaj formasidagi 42 yoşli erkak IŞID terrorçilik taşkiloti bayroğini kötarib olgan. Bu faktni, xususan, CNN media-kompaniyasi ikki tergovçiga tayangan holda keltirmoqda. FTB hujum AQŞ fuqarosi Şamsud D. tomonidan amalga oşirilganini ma’lum qildi. Federal tergov byurosi matbuot kotibi Aletea Dunkanning aytişiça, maşinada ikkita qölbola portlovçi qurilma topilgan va ular zararsizlantirilgan.
Şols: Yangi Orleandagi odamlar kör-körona nafrat tufayli öldirildi
Germaniya kansleri Olaf Şols va Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça yangi oliy vakili Kaya Kallas 1 yanvar kuni Yangi Orleandagi hujum munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
«Yangi Orleandan dahşatli xabar: bayramni nişonlayotgan baxtli odamlar kör-körona nafrat tufayli halok böldi yoki yaralandi. Biz qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlari bilan birgamiz va jabrlanganlarning barçasi tezroq soğayib ketişini tilaymiz», deb yozgan Şols ijtimoiy tarmoqda.
«Yangi Orleanda yangi yil bayramida qasddan qilingan hujumdan çuqur qayğudaman. Bunday zöravonlik uçun heç qanday asos yöq. Rasmiylar tergovni davom ettirar ekan, biz uşbu fojiali davrda qurbonlar va ularning oilalari bilan töliq birdammiz», — deydi Kallas.












