Turkiyaning Istanbul şahri Boş prokuraturasi Rossiyadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt ijroçilari bilan aloqada bölganlikda ayblangan beş nafar xorijlik uçun 7,5 yildan 15 yilgaça qamoq jazosini talab qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Hofizjon Usmonov, Muteullo Asoyev, Rahmatullo Solihov, Muhammadrahim Fayzov va Hamza Muhammad terrorizmda ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga köra, ular «Krokus» terakti işi böyiça ayblanayotgan Şamsidin Fariduni va Saidakrom Rajabalizoda bilan aloqada bölgan.

Ayblov xulosasida aytilişiça, Usmonov va Fariduni Istanbulning «Avjilar» tumanidagi IŞID tarafdorlari tomonidan ijaraga olingan uyda yaşagan.

Usmonov, Solihov va Asoyev 2024 yil 24 mart kuni avtobusda Eronga ketmoqçi bölganida qölga olingan, Fayzov va uning oilasi 28 mart kuni uşlangan, u allaqaçon Eron bilan çegaradagi avtobusga ötirgan edi. Agentlikning qayd etişiça, Fayzov va Rajabalizoda 2024 yil 5 yanvarda Turkiyaga kelgan.

Agentlik ayblanuvçi Asoyev va terakt ijroçilaridan biri örtasidagi yozişmalarni keltirdi. Xususan, Asoyev boşqa bir vazifani, Moskvadagi Vegas savdo markaziga bomba qöyişni taklif qilgan. Ular ijroçilarni bomba bilan ta’minlaşga, şuningdek, terakt uçun 800 ming rubl - oldindan 100 ming va topşiriqni bajargandan keyin 700 ming rubl va’da qilişgan. Şu bilan birga, terakt sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxs yozişmalarda qölga olinişi va öldirilişidan qörqişini bildirgan.

Agentlik iqtibos keltirgan yozişmalarga köra, Asoyev bomba qöyilgandan söng ijroçilarning IŞID a’zosi tomonidan Belarus çegarasigaça olib ketilişiga va’da bergan. Şuningdek, ijroçilarga yangi hujjatlar va uy-joy bilan ta’minlaş va’da qilingan.

2024 yil 22 mart kuni «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida 145 kişi halok bölgan edi. Tergov jinoyatning bevosita ijroçilari sifatida Tojikiston fuqarolari – Dalerjon Mirzoyev, Saidakrom Rajabalizoda, Şamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovni körsatmoqda. Bu iş böyiça jami 20 dan ortiq kişi hibsga olingan. Şu bilan birga, Rossiya tergov idoralari terakt Ukraina tomonidan tayyorlanganini da’vo qilmoqda.