Özbekiston prezidenti 28 dekabr kuni “Tadbirkorlar uçun teng şaroitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan, 31.05.2022 yildagi PF-145-sonli va 23.03.2023 yildagi PF-41-sonli prezident farmonlari asosida bojxona bojining nol stavkasi qöllanayotgan tovarlar uçun uşbu imtiyozning muddati 2026 yil 1 yanvargaça uzaytirildi.
Bu çora iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan.
Yana kamida bir yil davomida bojsiz olib kiriş mumkin bölgan tovarlar röyxatiga baliq, saryoğ, margarin, qaymoq, quyultirilgan sut, tuxum, banan, kofe, çoy, un, yogurt, pişloq, tvorog, qandolat mahsulotlari, murabbo, alkogolsiz içimliklar, soç uçun vositalar, ayrim gigiyenik tovarlar va boşqalar kiradi.
Şuningdek, yangi yoki quritilgan xurmo, anjir, ananas, avokado, guava, mango, kokos, olma, nok, behi kabi mevalarning bojsiz importi ham davom etadigan böldi.
Boşqa bir qaror asosida, ösimlik yoği importi böyiça bojxona bojining nol stavkasi ham 2026 yil 1 yanvargaça uzaytirildi. Parranda göşti importi uçun esa imtiyoz muddati uzaytirilmadi.








