Biznes-forumda terini qayta işlaş, farmatsevtika, turizm, quriliş materiallari, qişloq xöjaligi, transport-logistika, ulgurji va çakana savdo sohalarida faoliyat yurituvçi 60 dan ortiq tadbirkorlar iştirok etdi.
Tadbirni palata prezidenti Muhammad Javid Bilvani kiriş sözi bilan oçib, Pokiston–Özbekiston savdo munosabatlarining joriy holati, unda KSSPning uluşi töğrisidagi ma’lumotlar bilan bölişdi.
Elçi Alişer Töxtayev ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni jadallaştirişning ustuvor yönalişlari töğrisida nutq sözladi.
Şundan söng palata a’zolari uçun mamlakatda xorijiy investorlarga yaratilgan şaroitlar va imtiyozlar, sarmoya kiritiş uçun taklif etilayotgan sohalar böyiça batafsil taqdimot ötkazildi, investitsion loyiha takliflari, Invest in Uzbekistan broşyurasi va tizerlari tarqatildi.
2025 yilning ikkinçi çoragida KSSP a’zolaridan iborat delegatsiyani töqimaçilik, farmatsevtika, teri va junni qayta işlaş sohalarida aniq biznes-loyihalarni işlab çiqiş uçun Surxondaryo, Qaşqadaryo, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand va Toşkent viloyatlariga taşrifini taşkil etişga kelişildi.
Tadbirning interaktiv qismida palata a’zolari bilan turli jabhalar, jumladan sanoat kooperatsiyasi va turizm yönalişlarida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yönalişlari böyiça suhbat bölib ötdi. Tadbirkorlar ikki davlat savdo-sanoat palatalari örtasida bevosita va tizimli muloqotni yölga qöyiş, imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar sonini oşiriş, tranzit savdoni jadallaştiriş çoralari böyiça öz mulohazalari va takliflari bilan örtoqlaşdi.








