Fransiya prezidenti Emmanuel Makron amerikalik milliarder va X ijtimoiy tarmoği egasi Ilon Maskni Yevropa siyosatiga aralaşişda aybladi. Bu haqda u fransuz elçilari qarşisida qilgan çiqişi davomida qayd etgan.

Makron Maskning ismini aytmagan, ammo Politico’ning yozişiça, uning nutqidan gap biznesmen haqida ketayotganini tuşuniş mumkin bölgan.

«10 yil oldin dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan birining egasi saylovlarga, şu jumladan, Germaniyadagi saylovlarga bevosita aralaşişini kim ham tasavvur qilgandi», — deydi Fransiya prezidenti.

Makron öz nuqti davomida, şuningdek, Ukrainadagi uruş mavzusiga ham töxtalib ötgan. Uning fikriça, Kiyev «hududiy masalalar böyiça reallikka xos muzokaralarni» olib borişi kerak.

«Yevropa Ukraina uçun muhim xavfsizlik kafolatini zimmasiga olayotgan bir paytda AQŞ bizga vaziyatni özgartirişga yordam berişi va Rossiyani muzokaralar stoliga ötirişga köndirişi kerak», — deya ta’kidlaydi Makron.

Uning qayd etişiça, AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning mojaroni qisqa muddatda hal etiş borasidagi va’dasiga qaramay, «Ukraina uçun bunday tez va oson yeçim bölmaydi». Makron, şuningdek, Yevropa davlatlari Rossiya uruşda ğalaba qozonişiga yöl qöyib bera olmasligini, çunki bu xalqaro tartib va Yevropa xavfsizligini xavf ostiga qöyişini bildirgan.

Dekabr örtalarida Ilon Mask parlament saylovlari arafasi öng populistik «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasini qöllab-quvvatlaşini bildirdgandi. «Germaniyani faqat GuM qutqarişi mumkin», — deb yozgan u X ijtimoiy tarmoğiga. Germaniyada muddatidan oldin parlament saylovlari 23 fevral kuni bölib ötadi.