Xitoy seysmologik tarmoqlar markazi (CENC) ma’lumotiga köra, mahalliy vaqt bilan soat ertalabki 9 atrofida XXRning Tibet avtonom hududining Nepal bilan çegarasi yaqinida 6,8 magnitudali zilzila röy bergan.

Zilzila epimarkazi Tingri uyezdida, 10 kilometr çuqurlikda joylaşgan. Undan keyin kuçi 4,4 magnitudagaça bölgan afterşoklar ham qayd etilgan.

AQŞ Geologiya xizmati (USGC) Şigadze şahridan 177 km janubi-ğarbda 7,1 magnitudali zilzila röy berganini xabar qilgan. Bu hudud Tibetdagi muqaddas toğlardan hisoblanib, bu yerda nufuzi böyiça faqat Dalay-lamadan ortda qoladigan, Tibetdagi buddizmning muhim figuralaridan biri Pançen-lamaning qarorgohi joylaşgan.

Yer silkinişi Nepal poytaxti Katmanduda, şuningdek, Butan va Hindiston hududlarida ham sezilgan.

«Tingri uyezdi va uning atrofidagi hududlarda juda kuçli yer silkinişini his qilişdi, epimarkaz yaqinidagi köplab binolar qulab tuşgan», — deya xabar bergan CCTV davlat telekanali.

Voqea joyida olingan kadrlarda vayron bölgan uylar va atrofga soçilib ketgan parçalani köriş mumkin.

Xitoy naşrlari xabar qilişiça, mahalliy rasmiylar zilzila oqibatlarini baholaş uçun uyezddagi aholi yaşaş manzillarini aylanib çiqmoqda.

Sinoptiklarga köra, Tingrida harorat Tselsiy böyiça -8 darajani taşkil qilmoqda va seşanba kuni keçqurun -18 darajagaça tuşadi.

Şigatsze Tibetdagi muqaddas şaharlardan biri sanaladi

 

Baland toğlarda joylaşgan uyezdda 62 ming atrofida odam yaşaydi. Bu hududda zilzilalar tez-tez röy berib turadi, ammo bu safargisi sönggi beş yillikdagi eng kuçlisi böldi.

Region Hindiston va Yevrosiyo tektonik plitalarining asosiy yoriq çiziği yaqinida joylaşgan va tez-tez seysmik faollikka duçor böladi.

2015 yilda Nepal poytaxti Katmandu yaqinida 7,8 magnitudali yer silkinişi röy berişi oqibatida 9 mingga yaqin kişi halok bölib, 20 mingdan ortiq kişi jarohatlangandi.