Özbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 yanvar holatiga 41,18 milliard dollarni taşkil etib, 1 dekabr holatiga nisbatan 290 mln dollarga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirib ötilgan.
2024 yil davomida rasmiy zaxiralarning umumiy miqdori 34,56 mlrd dollardan 41,18 mlrd dollarga yoki 19,1 foizga oşdi. Bunda xorijiy valuta zaxiralari 9,36 mlrd dollardan 8,59 mlrd dollargaça qisqargan bölsa, zaxiralardagi oltinning fizik hajmi 11,9 mln troya unsiyadan 12,3 mln troya unsiyaga, qiymati esa 24,63 mlrd dollardan 32,03 mlrd dollargaça köpaygan.
Qayd etiş lozimki, ötgan yilda Özbekiston iqtisodiyoti uçun eng muhim jihatlardan biri jahon bozorida oltin narxlarining oşib ketgani böldi. Qimmatbaho metall yil davomida bir neça marotaba özining tarixiy maksimum narxlarini yangiladi. Xususan, 2024 yil boşida oltinning bir troya unsiyasi 2 000 dollardan biroz yuqoriroq bölgan bölsa, yil davomida bu körsatkiç 2790 dollardan oşdi.
Bundan taşqari, ötgan yildan Markaziy bank aktivlarni diversifikatsiya qiliş doirasida xorijiy qimmatli qoğozlarni sotib olişni ham boşladi. Yil yakuniga kelib zaxiradagi bunday qimmatli qoğozlar hajmi qariyb 102 mln dollarga yetgan.
Avvalroq, Özbekiston oltin işlab çiqaruvçi davlatlarning yetakçi öntaligiga kirgani töğrisida xabar berilgandi. Jahon oltin kengaşi ma’lumotlariga köra, 2023 yil Özbekistonda 119,6 tonna oltin işlab çiqarilgan.








