Andijon va Namangan viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari foş etildi, deb xabar beradi «Hududgazta’minot» matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, «Hududgaz Andijon» GTF komplayens nazorat tuzilmalari va «Uluğnortumangaz» GTB xodimlari iştirokida Uluğnor tumani, «Kelajak» MFYda joylaşgan «A.F.G.» MÇJga qaraşli umumiy ovqatlaniş maskanida (çoyxona) tabiiy gazdan foydalaniş holati taftişdan ötkazilgan.

Tekşiruv jarayonida iste’molçi tabiiy gaz tarmoğiga ma’nan eskirgan va nosoz hisoblagiç örnatib, nostandart uskunalar orqali yetti dona öçoq, bir dona çoy qaynatiş jihozi va bir dona isitiş qozonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan. Holat böyiça dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilingan va 518 million sömlik zarar hisoblangan.

Şuningdek, Namangan şahrida ötkazilgan tekşiruvlar davomida, fuqaro A. T. ga tegişli novvoyxonada qonunbuziliş holati aniqlangan. Ma’lum bölişiça, iste’molçi tabiiy gaz tarmoğida tegişli loyiha texnik hujjatlarisiz va hisoblagiçsiz ulanib, resursdan öğrinça foydalanib kelgan. Holat böyiça qonunda körsatilgan tartibda qayta hisob-kitob jarayonlari olib borilib, 628,6 million sömlik zarar aniqlangan.

Holatlarga oid barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirilgan.

Avvalroq Samarqandda 1,33 mlrd sömlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlangani töğrisida xabar berilgandi.