Ma’lum qilinişiça, uçraşuv davlat çegarasi masalalari böyiça avval erişilgan kelişuvlar doirasida ötkazilgan. Özbekiston hukumati matbuot xizmatiga köra, uçraşuv uç mamlakat davlat rahbarlari örtasida hamkorlik va mintaqaviy integratsiyani mustahkamlaş maqsadida davlat çegarasi masalalari böyiça avval erişilgan kelişuvlar doirasida ötkazildi. Tadbir uç davlat çegarasi tutaşgan hududda ötkazilgani ham ramziy ma’noga ega.

Boş vazirlar savdo, logistika, suv-energetika, madaniy-gumanitar aloqalar kabi muhim yönalişlarda hamkorlikni mustahkamlaş uçun mamlakatlar katta salohiyatga ega ekanini ta’kidlagan.

“Ularning fikriça, transçegaraviy va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantiriş hamkorlikning muhim tarkibiy qismi bölib, bu mamlakatlar örtasidagi özaro hamkorlikni faollaştirişning harakatlantiruvçi kuçiga aylanadi”, — deyiladi Qirğiziston tomoni tarqatgan xabarda.