UzAuto Motors kompaniyasining şvetsiyalik sobiq rahbari Bo Inge Andersson Yaponiyaning Sanoh Industrial kompaniyasiga işga joylaşdi. Bu haqda top-menejer LinkedIn ijtimoiy tarmoğida yozdi.

Sanoh kompaniyasi avtomobilsozlik sanoati uçun tormoz quvurlari, tutun çiqariş tizimi va konditsioner komponentlari, akkumulyatorlar kabi mahsulotlar işlab çiqaradi. Andersson yaponiyaliklar uçun maslahatçi sifatida işlaydi.

Bo Andersson 2024 yil dekabrida UzAuto Motors kompaniyasiga rahbarlik lavozimini tark etgan edi. Andersson faoliyatining birinçi töliq yili bölgan 2022 yilda zavod 327,6 ming avtomobilni konveyerdan çiqarib, rekord örnatdi. Keyingi 2023 yil ham işlab çiqariş böyiça rekordli böldi — 395,4 mingta avtomobil.

Bo Andersson 2013 yildan 2016 yilgaça Rossiyaning «AvtoVAZ» konserni rahbari bölgan.