Özbekistonda hokim lavozimi joriy etilganiga 33 yil töldi. Ötgan davr mobaynida 6 nafar arbob 10 yil va undan köproq muddat hudud rahbari lavozimida böldi, ulardan biri viloyat hokimi lavozimiga 16 yil davomida loyiq körildi. Şuningdek, 3 nafar hokim 3 tadan viloyatni boşqargani bilan ajralib turadi.
Özbekistonda hokim lavozimi 1992 yil 4 yanvarda ta’sis etilgan. Arab tilidan kirib kelgan bu söz “hukm, farmon beruvçi” ma’nolarini anglatadi.
Hozir mamlakatda jami 221 nafar hokim faoliyat olib bormoqda. Şundan 13 nafari poytaxt va viloyatlarga, 208 nafari esa – tuman (şahar)larga rahbarlik qilyapti. Yangi Toşkent tumani taşkil etilişi bilan, jami hokimlar soni 222 nafarga yetadi.
Biz hokim lavozimi joriy etilganiga 33 yil tölişi munosabati bilan, eng uzoq vaqt viloyat hokimi yoki Qoraqalpoğiston Respublikasi hukumati raisi lavozimida işlagan arboblarga e’tibor qaratamiz.
Eng köp işonç bildirilgan hokimlar
Özbekistonda eng uzoq yil viloyat hokimi lavozimida işlagan mansabdor bu – Erkinjon Turdimov. U jami 16 yil davomida viloyat hokimi lavozimida böldi: 8 yil Navoiy (2008-2016 yillar), 2 yil Surxondaryo (2016-2018 yillar), 6 yil Samarqand (2018-2024 yillar) viloyatlarini boşqardi.
Turdimovdan taşqari, yana ikki hokim 3 ta viloyatni boşqargan. Bular: Zoyir Mirzayev (Samarqand, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlari, jami 10 yildan ortiq) va Turob Jörayev (Surxondaryo, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlari, jami qariyb 6 yil).
Bitta viloyatda uzoq vaqt rahbarlik qiliş böyiça mutlaq rekordçi – Samoyiddin Huseynov. U Buxoro viloyatini 1996 yildan 2011 yilgaça, ya’ni 15 yil boşqargan.
Husenovning rekordini yaqin yillarda Andijon viloyatining amaldagi hokimi Şuhrat Abdurahmonov yangilaşi mumkin. U hozirgi kursisiga ötirganiga qariyb 12 yil böldi.







