Kaliforniyada örmon yonğinlari oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 250-275 milliard dollarga yetişi mumkin. Bu haqda meteorologik ma’lumotlarni taqdim etiş bilan şuğullanuvçi AccuWeather hisob-kitoblarida söz boradi. 

Sönggi ma’lumotlarga köra, olov 160 kilometr kvadratdan ortiq maydonga tarqalgan.

«Bu Kaliforniya tarixidagi eng dahşatli örmon yonğinlaridan biri. Agar yaqin kunlarda yanada köproq inşootlar yonib ketsa, örmon yonğinlari kulga aylangan binolar va iqtisodiy yöqotişlar böyiça ştatning zamonaviy tarixidagi eng yirik ofatga aylanadi», — deydi AccuWeather boş meteorologi Jonatan Porter.

Porterning qöşimça qilişiça, yonğin oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga köra, 250-275 milliard dollar zarar yetkazilmoqda. Uning sözlariga köra, Los-Anjyeles aholisi, ularning uylari, mahalliy biznes va turizm uçun xavf saqlanib qolyapti. Bundan taşqari, ayrim hududlarga yetkazilgan zarar kölami hozirça noma’lum.

Eng yirik yonğinlardan biri ayni vaqtda Santa-Monika va Malibu şaharlari orasidagi hudud böylab yoyilgan — u yerdan AQŞdagi eng qimmat turar-joy binolari örin olgan. Alanga mazkur hududda 95,9 kilometr kvadrat maydonga tarqalgan.

Los-Anjyelesda yonğinlar 7 yanvar kuni boşlandi va şiddat bilan tarqaldi. Hozirga qadar kamida 24 kişi halok bölgan, 12 mingdan ortiq inşoot yonib ketgan. Prezident Jo Bayden ştatda keng kölamli ofat rejimini e’lon qilgan.