Qaşqadaryoda pulini köpaytirib berişni aytib, odamlarni çuv tuşirgan uç yigitga sud hukmi öqildi. Ulardan biri jinoyat sodir qilingan paytda voyaga yetmagan bölgan.
Kun.uz örgangan sud hujjatida keltirilişiça, 2001 yilda tuğilgan aka-uka H.B. va H.B. (egizak) hamda 2006 yilda tuğilgan A.H. aldaş orqali odamlarning pulini qölga kiritişni maqsad qilgan. Ular Qarşi şahridagi xonadonlardan birini ijaraga olib, u yerda ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda bir neça soatda pulini köpaytirib berişni aytib, odamlarni aldab kelgan.
Jumladan, yigitlar Telegram’da guruhlar oçib, e’lonlar joylaştirgan. E’lonlarda treding faoliyati bilan şuğullanişni ma’lum qilib, 6 ta tarifda pul köpaytirib berişni bildirişgan. Ya’ni qisqa vaqt içida tikilgan 300 ming sömni 12 mln sömgaça, 500 ming sömni 15 mln sömgaça, 800 ming sömni 21 mln sömgaça, 1 mln sömni 28 mln sömgaça, 2 mln sömni 32 mln sömgaça hamda 5 mln sömni 40 mln sömgaça köpaytirib berişni va’da qilişgan. Bu yolğonga işonib yigitlarning boşqaruvidagi bank kartalariga pul taşlaganlar bloklangan. Yiğilgan pullar esa naqdlaştirib olingan.
Şu tariqa yigitlar 2023 yil dekabr oyidan 2024 yil 3 aprel kuniga qadar respublikaning turli hududlarida yaşovçi 78 nafar fuqaroning 89 mln 653 ming söm pulini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan va öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Sud hukmi bilan aka-uka egizaklar Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “g” bandi va 127-moddasi (voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. H.B.ga (akasi) Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda 3,5 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. H.B.ga (ukasi) esa 1,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilgan.
A.H. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan aybli deb topilib, 1 yil axloq tuzatiş işlari jazosiga tortilgan. Uning qamoqda saqlangan vaqti tayinlangan jazodan ortiq bölganligi sababli jazo ötalgan deb hisoblangan.
Jabrlanuvçilarga yetkazilgan zarar qoplangan.
Kun.uz avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda insonlarning pulini bir neça soatda köpaytirib berişni va’da qilayotgan tredingçilar faollaşib qolgani va ularning yolğoniga köplab insonlar çuv tuşayotgani haqida ma’lum qilgandi.











