Germaniya Mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmoğidagi özining rasmiy akkaunti faoliyatini töxtatişini e’lon qildi.

«Bu yerda faktlarni almaşiş tobora qiyinlaşib borayotgani sabab biz şunday qadamni taşlaşga qaror qildik», — deyiladi idora xabarida.

Şuningdek, nemis armiyasi (bundesver), bundesver boş inspektori Karsten Broyyer va idoraning boşqa vakillari akkauntlari ham öz faoliyatini töxtatadi.

«Mudofaa vazirligi öz pozitsiyasini egalladi, ammo biz hoziça qarama-qarşiliklardan xoli bölmagan platformada qolamiz», — deyiladi nemis kanselyariyasi izohida.

Germaniya Mudofaa vazirligi akkauntlari faoliyati töxtatilişi X ijtimoiy tarmoği egasi Ilon Mask nemis hukumati vakillariga qarşi köplab haqoratli çiqişlarni amalga oşirayotgani sabab sodir bölmoqda. Xususan, biznesmen Germaniya kansleri Olaf Şolsni «nokompetent ahmoq» deb atab, u iste’foga çiqişi kerakligini aytdi.

9 yanvar kuni Ilon Mask X ijtimoiy tarmoğida öng populistik «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasi yetakçisi Alis Vaydel bilan töğridan-töğri efir ötkazgandi. Şundan keyin bundestag 23 fevral kuni bölib ötadigan parlament saylovlariga aralaşiş ehtimoli yuzasidan tekşiruv boşladi. Dekabr oxirlarida biznesmen «faqat GuM Germaniyani qutqarib qola oladi», deb yozgandi.

Ötgan hafta 60 ta nemis universiteti va tadqiqot markazi ham platformani tark etgandi. Ularning hisoblaşiça, X ijtimoiy tarmoği ultraöng qaraşlar va konspirologiyani qöllab-quvvatlaydi.