Axios’ning yozişiça, tomonlar hozirça erişilgan sulh böyiça rasmiy bayonotni e’lon qilmagan. Manbalar qöşma bayonot «yaqin vaqt içida» e’lon qilinişini bildirgan.
CNN telekanalining isroillik amaldorlarga tayanib ma’lum qilişiça, birinçi bosqiçda Hamas 33 nafar asirni Isroil qamoqxonalaridagi yuzlab falastinliklarga almaşadi. Ta’kidlanişiça, Tel-Aviv 2023 yil 7 oktyabrdan keyin hibsga olingan barça ayollar va voyaga yetmaganlarni bosqiçma-bosqiç ozod etadi. Bu vaqt davomida öt oçişni töxtatiş rejimi amalda böladi.
Isroil va Hamas örtasidagi muzokaralar 14 yanvar kuni Qatar poytaxti Dohada bölib ötdi. 13 yanvarga ötar keçasi vositaçilar – AQŞ, Qatar va Misr orqali bir yildan ortiq davom etayotgan muzokaralarda «yutuqqa» erişildi. Qatar vakili tomonlarga öt oçişni töxtatiş va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça kelişuv matnini topşirgandi.
Associated Press agentligi ma’lumotiga köra, loyiha quyidagi bosqiçlarni öz içiga oladi:
- 1-bosqiç — 42 kun mobaynida garovda uşlab turilgan 33 nafar Isroil fuqarolari ozod qilinadi. Isroil armiyasi esa Ğazo hududlaridan çiqişni boşlaydi.
- 2-bosqiç — barça erkaklar ozod qilinib, Isroil harbiylari Ğazodan töliq çiqib ketadi.
- 3-bosqiç — garovda bölgan va halok bölgan şaxslarning jasadlari qaytariladi, Ğazoni qayta tiklaş rejasi işlab çiqiladi hamda yangi boşqaruv tizimi yaratiladi.









