SpaceX asosçisi va boş direktori Ilon Mask Kaliforniyada dahşatli yonğinlar sabab internet va uyali aloqa xizmatidan mahrum bölgan aholiga Wi-Fi’dan bepul foydalaniş uçun Starlink sun’iy yöldoş tizimlarini yubordi.
Ötgan hafta oxirida Mask yonğin hududida işlayotgan qutqaruvçilar va öt öçiruvçilar bilan uçraşgan. Şundan söng u Los-Anjyeles va Malibuga Starlink yetkazib berilişini e’lon qildi. Hududlarga Cybertrucks elektromobillari ham jönatilgan. Starlink tizimlari uşbu maşinalarga ortilgan.
Tesla kompaniyasining X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilingan postda Starlink internet xizmati, elektromobillarni zaryadlaş stansiyalari va portativ batareyalar bilan jihozlangan sakkizta Cybertruck köçma baza sifatida qutqaruv guruhlari hududlariga joylaştirilgani haqida hisobot berildi.
Maskning aytişiça, uşbu Cybertuck’larning ba’zilari “yaqin bir-ikki kunda” mijozlarga yetkazib berilişi kerak edi. Mask ulardan uzr sörab, yangi maşinalar hafta oxirigaça öz egalariga yuborilişini ta’kidladi.
Öt öçiruvçilar bilan muloqot vaqtida Mask yonğinga qarşi kuraş uçun suv yetişmasligida demokratik amaldorlarni aybladi. Rasmiylardan biri esa unga öt öçiruvçilar juda köp suv sarflayotganini va tizim talabni qondira olmasligini tuşuntirdi.
Los-Anjyelesda yonğinlar 7 yanvar kuni boşlandi va şiddat bilan tarqaldi. Hozirga qadar kamida 24 kişi halok bölgan, 12 mingdan ortiq inşoot yonib ketgan. Prezident Jo Bayden ştatda keng kölamli ofat rejimini e’lon qilgan.












