Yirik loyihalar va xayriya tadbirlari bilan tanilgan amerikalik maşhur bloger MrBeast TikTok’ni sotib olişi mumkin. Şu tariqa bloger TikTok’ni AQŞda bloklanişdan “qutqarmoqçi”.
“Mayli, TikTok’ni bloklamasliklari uçun uni sotib olaman”, — deya hazil aralaş tvit yozgan MrBeast X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Blogerga köra, milliarderlar hamkorlik taklifi bilan allaqaçon unga murojaat qilişni boşlagan.
“Taqdir hazilini qarang, men buni Twitter’da yozganimdan keyin menga şunçalik köp milliarderlar murojaat qildiki, keling, buni amalga oşira olamizmi yöqmi, köramiz”, — deya yana bir post qoldirdi Mr Beast.
TikTok’ni sotiş nima uçun kerak?
2024 yil aprel oyida AQŞda TikTok’ni taqiqlaşga olib kelişi mumkin bölgan qonun loyihasi qabul qilingandi. Senat törtta qonundan iborat töplamni qöllab-quvvatladi. Ulardan biri TikTok’ka egalik qiluvçi Xitoy kompaniyasi ByteDance’dan ilovani xorijiy kompaniyaga sotişni talab qiladi. Bu jarayon uçun töqqiz oy muddat belgilandi.
Aks holda, Amerikada ilovadan foydalaniş imkoniyati yöqoladi. Belgilangan muddat 2025 yil 19 yanvarda tugaydi. Bu sana platformaning kelajagi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Avvalroq Bloomberg Xitoy hukumati TikTok’ning AQŞdagi bölimini boşqarişni tadbirkor Ilon Maskka topşiriş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida xabar bergandi. TikTok vakili esa Maskning ijtimoiy tarmoqni sotib olişi ehtimolini qat’iyan rad etdi.
TikTok qança turadi?
The Wall Street Journal xabariga köra, TikTok egasi ByteDance 2024 yilning törtinçi çoragida özini taxminan 300 milliard AQŞ dollariga baholagan. Şu tariqa u dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyalardan biri bölib qolmoqda.







