AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden mamlakatda TikTokʼni blokirovga qilişga oid çoralarni joriy etmaydi. Bu haqda Associated Press naşri amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi.

Bayden administratsiyasi ijtimoiy tarmoqni blokirovga qiliş qarorini Trampning bölajak administratsiyasiga qoldiradi.

AQŞ Kongressi milliy xavfsizlikka tahdid uyğotişi mumkinligi sabab TikTokʼni bloklaşga oid qonun loyihasini 2024 yil aprelda qabul qilgandi. Öşa oyning özida Jo Bayden qonunni imzolagan. Servisga egalik qiluvçi ByteDance kompaniyasiga uni amerikaliklarga sotişi uçun 270 kun muhlat berilgan. Uşbu muddat 19 yanvarda — Donald Trampning inauguratsiyasidan bir kun oldin tugaydi.

Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols 16 yanvar kuni TikTokʼni bloklaş töğrisidagi qonun bitim amalga oşmagunga qadar servis faoliyatini uzaytiriş «imkonini berişini» ma’lum qildi.

Senatdagi demokratlar 16 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqni sotiş uçun belgilangan muddatni uzaytirişga oid qonunni qabul qilişga urindi, ammo u respublikaçi senator Tom Katton tomonidan bloklandi.

The Wall Street Journal xabariga köra, TikTok egasi ByteDance 2024 yilning törtinçi çoragida özini taxminan 300 milliard AQŞ dollariga baholagan. Şu tariqa u dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyalardan biri bölib qolmoqda.

Avvalroq yirik loyihalar va xayriya tadbirlari bilan tanilgan amerikalik maşhur bloger MrBeast TikTok’ni sotib olişi mumkinligi töğrisida xabar berilgandi. Şu tariqa bloger TikTok’ni AQŞda bloklanişdan “qutqarmoqçi”. “Mayli, TikTok’ni bloklamasliklari uçun uni sotib olaman”, — deya hazil aralaş tvit yozgan MrBeast X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.