15 yanvar kuni Isroil va Hamas örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv e’lon qilindi. Hamas rasmiy sahifalarida, şuningdek, Qatar rasmiylari tomonidan bu haqda e’lon qilindi. Isroil ham kelişuvni tasdiqladi, lekin hozirça sulhni ikki tomon ham imzolagani aniq emas.
Al Jazeera xabariga köra, kelişuv haqida xabarlardan keyin Ğazoda Isroil hujumi oqibatida önlab odamlar halok bölgan. Xabarlardan birida aytilişiça, kelişuvdan keyin Isroil armiyasining intensiv hujumlari oqibatida Ğazoning turli hududlarida kamida 30 kişi halok bölgan. Yana bir xabarda 25 kişi ölgani aytiladi.
Netanyahu: «Hamas böyin tovlamoqda»
Keyinroq Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Hamas öt oçiş rejimini töxtatiş böyiça kelişuvning ba’zi bandlarini rad etayotgani haqida bayonot berdi.
«Hamas oxirgi daqiqalarda vositaçilar yordamida erişilgan kelişuvning ba’zi bandlaridan böyin tovlayapti. Isroil vazirlar mahkamasi hozirça vositaçilarni Hamas barça şartlarni qabul qilgani haqida xabardor qilişga şoşmay turadi», deb Netanyahuning sözlarini keltirgan uning kotibiyati.
Netanyahu boşçilik Isroil vazirlar mahkamasi Hamas bilan kelişuvni bugun tunda ratifikatsiya qilişi kerak.
«Hamas kelişuvga sodiq»
Netanyahuning ayblovlariga javoban Hamas kelişuvga sodiq ekani haqida bayonot berdi. «Harakat» Telegram-kanalida siyosiy qanot vakili Izzat al Rişkning bu borada gaplari keltirildi. «Hamas öt oçişni töxtatiş böyiça vositaçilar e’lon qilgan kelişuvga sodiq», degan Hamas vakili bayonotda. Xabarda bu Hamasning rasmiy pozitsiyasi ekani ta’kidlangan.
Ğazoliklar bayram qilmoqda
Keça Qatar boşçilik vositaçilar Isroil va Hamas kelişuvga erişgani haqida e’lon qilgaç, Ğazodagi falastinliklar bayram qilişni boşlab yuborişdi. Tarmoqda ğazoliklar sulhni nişonlayotgani, bolalar şirinlik tarqatayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Ğazoda qolayotgan köplab falastinliklar vayrona holida bölsa-da, öz uyiga borişni istayotgani, endi uyini qayta tiklaşi haqida gapirgan. Çunki ular 1,5 yildan buyon köçada qolgan, Ğazoda yaşaş uçun heç qanday infratuzilma qolmagan.
Ma’lumot uçun, Isroil va Hamas örtasidagi kelişuvga köra, Hamas avvaliga 34 nafar isroillik asirni ozod qilişi kerak. Evaziga Isroil Tsaxal qöşinlarini Ğazodan olib çiqişni boşlaydi. Şuningdek, har bir asir uçun 50 nafargaça falastinlik Isroil qamoqxonalaridan ozod etiladi. Kelişuvning ikkinçi bosqiçida Ğazoda qolgan barça asirlar qöyib yuboriladi, Isroil esa minglab falastinliklarni qamoqxonadan ozod qiladi.












