Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berişiça, “A.S.” MÇJ mas’ul şaxslari Yangiobod tumani, Mustaqillik köçasidagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasida gaz tarmoğiga gaz hisoblagiçdan taşqari ulangan. Natijada jami 192,2 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Şuningdek, Zangiota tumanida fuqarolar M.O. va M.X. yaşaş xonadonlarida past bosimli umumiy foydalanişdagi gaz quvuriga yaşirinça şlang yordamida ulangan. Oqibatda jami 151,7 sömlik tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanilgan.

Şu bilan birga, Beruniy tumanida fuqaro Yu.N. yaşaş xonadonida gaz tarmoğiga şlang yordamida töğridan töğri ulanib, jami 126,6 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Bundan taşqari, Uçtepa tumanida fuqaro R.N. öziga tegişli turar joy binosida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga tijorat maqsadida töğridan-töğri ulangan. Söng jami 111,5 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.