Xitoyning Çjyetszyan universiteti qoşidagi Humanoid robotlar innovatsiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Jingshi kompaniyasi özaro hamkorlikda tört oyoqli robotni işlab çiqdi. Unga “Qora pantera” nomi berildi. Dunyodagi eng tez robot it sifatida taqdim etilgan qurilma sekundiga 10 metr yoki soatiga 36 kilometr tezlikda yugura oladi.

“Qora Pantera 2.0” versiyasi 38 kilogramm oğirlikka, 0,63 metr tana uzunligiga ega bölib, “jangga moslaşgan zirh” bilan jihozlangan.

Institut tadqiqotçisi Jin Yunbin robot itning yuqori tezlikda harakatlanişiga erişiş uçun Gyuygens mayatnigi nomli fizik tamoyildan foydalanganini ta’kidladi —bunda robotning törtala oyoği harakatlari muvofiqlaştiriladi. Robotning “tizza böğimlari”ga örnatilgan prujinalar harakat paytida energiya sarfini kamaytiriş uçun amortizator vazifasini bajaradi.

“Qora pantera”ning “boldir muşaklari” uglerod tolali konstruksiyalar bilan mustahkamlangan. Natijada, muşaklarning qattiqlik darajasi 135 foizga oşgan, ammo konstruksiyaning umumiy oğirligi atigi 16 foizga köpaygan.

Robot it uçun gepard tirnoqlariga öxşaş maxsus “krossovkalar” işlab çiqildi, bu esa uning yölga moslaşişini 200 foizga yaxşilaydi.

Kelgusida olimlar robotlarda biologik mobillikka erişiş yöllarini örganişda davom etmoqçi.

Avvalroq xitoylik olimlar fikrlarni öqiy oladigan “miya-kompyuter” interfeysini sinovdan ötkazgan edi. Sinovlarda 21 yoşli bemor uşbu interfeys yordamida fikr kuçi bilan stol tennisi öynagan va nogironlar aravaçasini boşqargan.