AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Jinping bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi va Trampning özi xabar berdi.

Xitoy agentligi suhbat tafsilotlari haqida ma’lumot bermagan. Tramp özining TruthSocial ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali uşbu qönğiroqni «Xitoy uçun ham, AQŞ uçun ham juda yaxşi», deb atagan.

«Men köplab muammolarni birgalikda hal qilişimizni va zudlik bilan boşlaşimizni kutyapman. Biz savdo balansi, fentatil, TikTok va boşqa köplab mavzularni muhokama qildik. Rais Si hamda men dunyoni yanada xavfsiz va tinç qiliş uçun barça imkoniyatlarimizni işga solamiz», — deb yozadi Tramp.

AQŞ Kongressi milliy xavfsizlikka tahdid uyğotişi mumkinligi sabab TikTokʼni bloklaşga oid qonun loyihasini 2024 yil aprelda qabul qilgandi. Öşa oyning özida Jo Bayden qonunni imzolagan. Servisga egalik qiluvçi ByteDance kompaniyasiga uni amerikaliklarga sotişi uçun 270 kun muhlat berilgan. Uşbu muddat 19 yanvarda — Donald Trampning inauguratsiyasidan bir kun oldin tugaydi.

Bloomberğning yozişiça, Xitoy hukumati TikTok ijtimoiy tarmoğining AQŞdagi boşqaruvini biznesmen Ilon Maskka beriş niyatida. Ammo TikTokʼning özi buni rad etgan. Associated Press ma’lumotlariga köra, Bayden administratsiyasi ijtimoiy tarmoqni blokirovga qiliş qarorini Trampning bölajak administratsiyasiga qoldiradi.

Şu bilan birga, 17 yanvar kuni AQŞ Oliy sudi TikTok qisqa videolar platformasining ByteDance kompaniyasi tomonidan sotilişi yoki milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan AQŞ hududida taqiqlanişini talab qiladigan qonunni kuçda qoldirdi.