Hindiston janubidagi Çennai sohilidan 500 dan ortiq yöqolib borayotgan turga kiruvçi dengiz toşbaqalari ölik holda topildi. Bu haqda The Times of India xabar berdi.
Qayd etilişiça, jonivorlarning közlari börtib, böyinlari şişib ketgan. Taxminlarga köra, ularning aksariyati çökiş oqibatida nobud bölgan.
Dengiz toşbaqalari muhofazasi böyiça mutaxassis Supraja Dxarini mazkur holatni nazorat qilinmaydigan tijoriy baliqçilik va kalmarlarni tutişda törlardan foydalaniş bilan boğlagan. Uning sözlariga köra, toşbaqalar tez-tez şu kabi törlarga tuşib qoladi va suv ostiga tortilib ketadi — ular yaşaşi uçun har 40-45 daqiqada suv yuzasiga çiqib turişi kerak.
Şuningdek, ta’kidlanişiça, ayrim toşbaqalar sohildan uzoqdagi hududda nobud bölgan va sohilga bir neça kundan keyin taşlab ketilgan.
Butunjahon yovvoyi tabiat fondiga köra, dengiz toşbaqalarining yettita turi yöqolib ketiş xavfi ostida. Har yili bunday toşbaqalarning 250 mingtasi baliqçilar töriga tuşib qoladi.
Eslatib ötamiz, 2024 yilning noyabrida Qozoğistonning Manğistov viloyatida sönggi uç haftada Kaspiy dengizi qirğoğidan mingdan ortiq tyulenlarning jasadi topilgandi. Kaspiy tyuleni Qozoğiston Qizil kitobiga kiritilgan. Olimlarning hisob-kitoblariga köra, hozirgi vaqtda Kaspiy dengizining Qozoğiston sektori akvatoriyasida 240 mingdan ortiq individ yaşaydi.








