AQŞ özining Yevropadagi yadroviy arsenalini yangiladi. «B61-12 gravitatsion bombalari töliq joylaştirildi», — deydi Yadroviy xavfsizlik milliy boşqarmasi (NNSA) rahbari Jill Xrubi.
B61 bombalar oilasi — AQŞ yadroviy arsenalidagi eng eski va universal qurol. B61-12 şu vaqtgaça foydalanilgan 3, 4, 7 va 10 variantlari örniga keldi. Mazkur model kiçikroq quvvatga ega (50 kilotonnagaça), ammo uning dum tayançi nişonni işğol etiş aniqligini oşiradi. Bomba samolyotdan taşlansa, nişon tomon avtonom harakatlanişi mumkin.
B61-12 bombalarini işlab çiqariş 2021 yilda boşlangan. Ötgan hafta NNSA uşbu bombalarning 9 milliard dollarlik modernizatsiya dasturini yakunlaganini ma’lum qilgandi. Xrubining ta’kidlaşiça, Pentagon oxirgi partiyani dekabrda olgan. Endi NNSA quvvati 360 kilotonnaga yetadigan B61-13 bombalarini yaratişga kirişmoqçi. Uni işlab çiqariş 2026-moliyaviy yildan boşlanişi kutilmoqda.
Xrubiga köra, NATO Ukrainaga qarşi boşlangan uruşdan keyin yuzaga kelgan «prinsipial yangi» yadroviy landşaft şaroitida kuçlarini namoyiş etmoqda. NNSA rahbarining ta’kidlaşiça, Rossiya sönggi bir neça yil içida «qoidalarni qayta-qayta buzib», strategik barqarorlikka putur yetkazgan. Masalan, Zaporojye AESni egallagan, Belarusga taktik jangovar kallaklarni joylaştirgan, Yadroviy sinovlarni töliq taqiqlaş töğrisidagi şartnoma ratifikatsiyasini bekor qilgan, yadroviy doktrinani qayta körib çiqqan va kosmosga yadroviy qurol joylaştiriş ustida iş olib bormoqda.
Şuningdek, Xitoydan kelayotgan çaqiriqlar fonida Xrubi Vaşington va Londonning mazkur sohadagi strategik şerikligining ahamiyatini qayd etdi. Ötgan yilning yanvarida AQŞ Rossiya tomonidan tahdidlar ortgani sabab Buyuk Britaniyaga yadroviy qurollarni qaytarişga qaror qilgandi. B61-12 bombalarini Saffolk grafligidagi Leykenxit bazasiga joylaştiriş rejalaştirilgan. Hozirda u B-2 Spirit strategik bombardimonçilariga örnatilmoqda.
2023 yil holatiga köra, Yevropada B61 oilasiga kiruvçi eski bombalardan 100 ga yaqini saqlangan. Ular 10-15 tadan Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Italiya va Turkiyadagi bazalarga joylaştirilgan. Yangi B61-12 modelidan F-35A, F-15E, F-16 va Tornado qiruvçilari yordamida foydalaniş mumkin.











