«Paxta xomaşyosini yetiştiriş va sotişda bozor mexanizmlarini qöllaşni izçil davom ettiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, 2025 yil paxta hosilidan boşlab quyidagiça tartib örnatiladi:
– Respublika tovar-xomaşyo birjasi kalendar yilining 1 noyabr kunida (2025 yil hosili uçun 1 fevralda) paxta tolasining Nyu-York birjasidagi fyuçers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi örtaça kotirovkasidan kelib çiqqan holda, kelgusi yil hosili uçun paxta xomaşyosining boşlanğiç narxini (birinçi nav, ikkinçi sinf) aniqlab, öz veb-saytida e’lon qiladi;
– mulkçilik şaklidan qat’i nazar barça paxta xomaşyosi yetiştiruvçi xöjaliklar va klasterlar hamda paxta xomaşyosini qayta işlaş va ip-kalava işlab çiqariş zanjiriga ega töqimaçilik korxonalari örtasida paxta xomaşyosi yetkazib beriş böyiça oldi-sotdi (fyuçers, forvard va spot) şartnomalari birjaning paxta xomaşyosi seksiyasida har bir hudud böyiça alohida ötkaziladigan savdolarda tuziladi;
– xöjaliklar hamda qayta işlovçilar örtasida tuziladigan şartnomalar tomonlarning erkin tanlovi asosida ötkaziladigan birja savdolari orqali xöjaliklar tomonidan yetkazib beriş muddatlarini hamda bir yoki bir neçta xaridorni mustaqil ravişda tanlaş orqali rasmiylaştiriladi;
– birjada barça şartnomalar Agroplatforma axborot tizimi bilan integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasida mavjud bölgan xöjaliklar va qayta işlovçilar örtasida tuziladi.












