2030 yilgacha kamida 100 ta «Yangi O‘zbekiston» massivi quriladi
2025 yilda «Yangi O‘zbekiston» massivlari infratuzilmasi uchun 1,2 trillion so‘m beriladi. Yangi massivlar uchun yerlar kamida 70 ming odam yashaydigan tuman markazi yoki shahar hududiga 1-2 kilometr masofadagi joydan ajratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Davlat rahbari hokimlar uy-joy qurilishiga faqat ijtimoiy yoki qurilish masalasi deb emas, balki hududini iqtisodiy rivojlanishida asosiy «drayver» sifatida qarashi zarurligini ta’kidladi.
O‘tgan yili uy-joy qurilishida Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro, Xorazm va Samarqandda ishlar yaxshi tashkil qilingani aytildi. Lekin «Yangi O‘zbekiston» massivlaridagi ishlarning borishi qoniqarsiz ekani qayd etildi. Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Sirdaryoda esa infratuzilma va quruvchilar bilan ishlash o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Xorazmda 98 ta, Buxoroda 65 ta, Jizzaxda 19 ta, Navoiyda 12 ta auksionda sotib olingan yerda qurilish boshlanmagan. Ba’zi xonadonlar aholi va infratuzilmadan uzoq, talab bo‘lmagan joyda qurilgani uchun bir yildan beri sotilmayapti.
«Yangi O‘zbekiston» massivlarini qurish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi. Endi «Yangi O‘zbekiston» massiviga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi. Loyiha ekspertizasini o‘n besh kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yiladi.
«Yangi O‘zbekiston» massivi uchun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.
Bu uylarning pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinishi ta’kidlandi.
Hokimlarga bu massivlarga ko‘chib keladigan aholining talabini hisobga olib pastki qavatlarda bog‘cha tashkil qilishni boshlash topshirildi.
Mamlakatimizda 2030 yilgacha kamida 100 ta «Yangi O‘zbekiston» massivini qurish reja qilingan.
Yangi massivlar uchun yerlar kamida 70 ming odam yashaydigan tuman markazi yoki shahar hududiga 1-2 kilometr masofadagi joydan ajratiladi. Bu massivlarning har birida 100 ming kvadrat metr xonadon quriladi.
Joriy yil «Yangi O‘zbekiston» massivlari infratuzilmasi uchun 1,2 trillion so‘m beriladi.
Hozir «Yangi O‘zbekiston» massivi uchun mas’ul yagona tashkilot bo‘lmagani uchun, yer qayerdan ajratiladi, infratuzilma qanday bo‘ladi, qayerga daraxt ekiladi, sug‘orish va drenaj tizimi qanaqa o‘tkaziladi, degan savollarga javob yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, bu ishlarni tashkillashtirish uchun «O‘z uyim» kompaniyasi tashkil qilinadi. Ushbu kompaniya «Yangi O‘zbekiston» massivlariga yer tanlash, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishga mas’ul bo‘ladi.
Mutasaddilarga xalqaro ekspertlarni jalb qilib, kelgusi besh yil uchun uy-joy siyosati strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil bilan to‘qnashuvdan so‘ng HAMASdan nima qoldi?
Jahon | 10:47
-
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
Jamiyat | 10:38
-
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi
O‘zbekiston | 10:37
-
AQSh Kongressiga Rossiya neftini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
Jahon | 10:05
Mavzuga oid

16:36 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

16:04 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025